"JET 2025" almashinuv dasturi
2025/1/13
JET dasturi Yaponiyada xorijiy tillarni o‘rganishni rivojlantirish, Yaponiya va dunyoning boshqa mamlakatlari o‘rtasida yoshlar almashinuvi orqali mintaqaviy darajada xalqaro aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan. Ushbu dastur orqali Yaponiyadagi mintaqaviy munitsipalitetlar va boshqa tashkilotlar Yaponiyada ish tajribasiga ega bo'lish imkoniyatini beradi.
Joriy yilda mazkur dastur doirasida Nara prefekturasida “Xalqaro aloqalar yo‘nalishi bo‘yicha koordinator” lavozimiga 1 ta bo‘sh ish o‘rini mavjud.
Muvaffaqiyatli nomzod Yaponiyada 1 yil ishlash imkoniyatiga ega bo'ladi (keyinchalik shartnoma uzaytirilishi mumkin).
(Nomzodlar N1 darajadagi yapon tilini bilishi kerak.)
Hujjatlarni topshirish muddati: 14.02.2025 yil, soat 17:00 gacha
Ariza beruvchilar talab qilingan hujjatlarning skaner nusxasini belgilangan muddatgacha Elchixonaning elektron pochta manziliga (homepage@ts.mofa.go.jp) yuborishlari, shuningdek hujjatlarning asl nusxalarini Yaponiyanig O‘zbekistondagi Elchixonaga (100047, O‘zbekiston, Toshkent, Sodiq Azimov koʻch., 1-tor koʻcha, 28-uy) olib kelishlari yoki pochta orqali yuborishlari kerak.
• Bo'sh ish o'rinlari haqida ma'lumot
• Ingliz tilida dastur haqida batafsil ma'lumot
• Yapon tilida dastur haqida batafsil ma'lumot
• "JET" so'rovnomasi (Arizachi anketani qo'lda emas, kompyuterda to'ldirishlari va to'ldirgandan so'ng, uni printerdan chiqarib, qo'lda imzo qo'yishlari kerak)
• Chart Sheet (anketa bilan bog'liq)
• Chart Sheet tibbiy hisobot shakli va Self-Assessment Medical Report (Arizachi anketani qo'lda emas, kompyuterda to'ldirishlari va to'ldirgandan so'ng, uni printerdan chiqarib, qo'lda imzo qo'yishlari kerak)
Bog'lanish uchun ma'lumot:
Yaponiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Elchixonasi
Madaniyat va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi
Elektron pochta: homepage@ts.mofa.go.jp
Telefon raqami: (+99878) 120-80-76/(+99878) 120-80-60