Viza va turizm
Yaponiya vizasiga ariza (berish)
●Elchixonada quyidagi holatlar tez-tez sodir bo’lyapti (bo ‘lmoqda):
1 Soxta yoki o'zgartirilgan hujjatlarni taqdim etish;
Viza arizasi soxta hujjatlar yordamida topshirilsa yoki arizadagi safar maqsadi arizachining asl maqsadidan farq qilsa, viza arizalari uzoq vaqt davomida nafaqat ariza beruvchidan, balki hujjatlarni tayyorlashda ishtirok etgan har qanday shaxsdan ham qabul qilinmaydi.
2 Yaponiyada ishlash maqsadida viza arizasida safar maqsadini "turizm" yoki "qarindoshlar yoki tanishlarni ziyorat qilish" deb yolg'on ma'lumot berish
Yaponiyaga “turistik" yoki "qarindoshlar va tanishlarni ziyorat qilish" vizasi bilan kirib, u yerda ishlash Yaponiya qonunlariga xilof harakat hisoblanadi.
3 Katta to'lovlarni qilib, vizaga soxta ariza berish
Xorijga chiqish pasportini vakilga berib, katta to’lov qilgan holda arizaga hujjatlarni topshirishni iltimos qilishganiga qaramasdan, aslida esa ariza topshirilmagan firibgarlik holatlari va pasportlarga soxta viza yopishtirish holatlari kuzatilmoqda.
- Yaponiyaga viza olish tartibi
- Yaponiyaga kirish uchun zarur bo'lgan ba'zi hujjatlarga onlayn ariza berish imkoniyati haqida ma'lumot (Visit Japan Web)
Yaqin orada onlayn navbat olish tizimida firibgarlik yo’li bilan navbat olish holatlari aniqlanmoqda.
Vizaga ariza berish uchun onlayn navbatda cheklangan navbat joylari bilan adolatli foydalanib olish maqsadida bir marta olingan navbatni bekor qilish yoki o’zgartirishga ruxsat berilmaydi.
Iltimos, navbat joyini band qilgandan keyin uni bekor qilmang, boshqa arizachilarning navbati bilan foydalanmang, chunki shu va shunga o’xshagan harakatlar boshqa arizachilarni navbat olish imkoniyatidan mahrum qiladi. Navbat olish paytida, arizachi bilan bog’liq ma’lumotlar, navbat olinadigan kun va vaqti va boshqalarni diqqat bilan tekshirib, navbatga yoziling.
Arizachi bilan bog’liq ma’lumotlarda (pasport raqami, ism-familiyasi va boshqalar) xatoliklar bo’lsa, ariza qabul qilinmaydi.
Hamma onlayn navbat tizimi bilan adolatli foydalana olishi uchun qoidalarni to’g’ri tushunishingiz va hamkorlik qilishingizni so'raymiz.
1. Umumiy ma'lumotlar
・O’zbekiston fuqarolari
※ Oʻzbekiston fuqarolari uchun viza bepul beriladi.
・O'zbekistonda uzoq vaqt davomida qonuniy ravishda yashayotgan xorij fuqarolar
※Uzoq vaqt davomida qonuniy ravishda yashab kelinayotganlikni isbotlash uchun uzoq muddatli viza yoki uzoq muddat yashash uchun ruxsatnoma kabi hujjat kerak bo'ladi.
※Arizachining fuqaroligiga qarab, viza to’lovi undirilishi mumkin.
(2) Vizaga arizani arizachi shaxsan yoki vakil orqali topshirishi mumkin.
Vakil orqali vizaga ariza bergan holda (berishda), vizaga beruvchi shaxs (arizachi)ning imzosi tushirilgan ishonchnomaning asl nusxasi taqdim qilinishi shart.
(3) Elchixonadan kvitansiya olganingizdan so'ng, viza arizangiz qabul qilingan hisoblanadi.
2. Vizaga arizalar berilish va pasport berilish vaqti
Vizaga arizalar berilish vaqti: 9:30-12:30 14:30-17:00
- Turistik, qisqa muddatli biznes safari yoki qarindoshlar va tanishlarni ziyorat qililish maqsadida ariza beradiganlar uchun ariza berish vaqti 9:30-12:30
- Yashash holati to’g’risidagi sertifikat (Certificate of Eligibility, COE) bilan vizaga ariza topshiradiganlar uchun ariza berish vaqti - seshanbadan jumagacha 14:30-17:00
- Verbal nota bilan vizaga ariza beruvchilar va boshqalar uchun 14:30-17:00
Pasportlar berilish vaqti: 14:30-17:00
※O'zbekistonning davlat bayramlaridan oldindingi kunlar soat 16:00 gacha
Elchixona ishlamaydigan kunlar: shanba, yakshanba va bayram kunlari
3. Talab qilinadigan hujjatlar
(1) Uzoq muddatli viza (Yashash holati to’g’risidagi sertifikatiga (Certificate of Eligibility, COE) ega bo’lganlar uchun)
(2) Qisqa muddatli viza
(3) Tibbiy viza
※Agar ingliz yoki yapon tilidan boshqa tilda rasmiylashtirilgan hujjatlar taqdim etilsa, ularga ingliz yoki yapon tilidagi tarjima ilova qilinishi kerak.
4. Tez-tez so'raladigan savollar
(Ingliz tilida)https://www.mofa.go.jp/j_info/visit/visa/faq.html
