Tibbiy viza

2025/12/25

● Tibbiy vizasi - bu davolanish maqsadida Yaponiyaga tashrif buyurayotgan xorijiy bemorlar va ularning hamrohlariga beriladigan viza.
● Tibbiy viza nafaqat xorijiy bemorlarga, balki ularga hamroh bo'lgan shaxslarga (shu jumladan, qarindoshlaridan tashqari boshqa shaxslarga) ham beriladi.
●Ushbu viza "tibbiy muolajalar" maqsadida beriladi. Bu viza bilan Yaponiyada daromad keltiradigan faoliyat bilan shug’ullanish qat’iyan taqiqlanadi.
● Batafsil ma'lumotni Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi veb-saytida topishingiz mumkin.
  Yapon tilida: https://www.mofa.go.jp/mofaj/toko/visa/medical/index.html
  Ingliz tilida: https://www.mofa.go.jp/j_info/visit/visa/medical_stay.html


Zaruriy hujjatlar
※Hujjatlarning hammasi A4 formatidagi qog’ozda bo’lishi shart. Stepler bilan qistirmangiz. Hujjatlarni bir tomonga qaratib taxlab topshiring.
 

・Arizachining o’zi tayyorlaydigan hujjatlar
□

Viza anketasi –2 nusxada

 
・Barcha bandlarni to'ldiring va bo'sh joylarni qoldirmang. (Agar tegishli bo'lmasa, aniq qilib “none" yoki “n/a" deb yozing).
・Arizaga ariza beruvchining imzosi qo’yilishi shart.
※Agar uchinchi shaxs (masalan, vakil) arizani imzolaganligi aniqlansa, ariza qabul qilinmaydi.
□
Fotosurat
 
・4,5 x 3,5 sm. o'lchamdagi tiniq rangli fotosurat
・So'nggi 6 oy ichida olingan fotosurat bo’lishi shart
・Fotosuratni tekis va ariza shakli ramkasiga mos keladigan o'lchamda yopishtiring. Agar o'lchami mos kelmasa, qayta topshirishingiz so'raladi.
□
Xorijga chiqish pasportning asli
 
・Muqovasini olib tashlang va ichiga qog'oz yoki boshqa narsalar qolmaganligini tekshiring.
□
Xorijga chiqish pasportning kopiyasi
 
・Yuzingiz va ismingiz aniq ko'rsatilishi mumkin bo'lgan tiniq kopiyasini topshiring
※Elchixonada hujjatlar kserokopiya qilinmaydi. Shuning uchun ularning kopiyasini albatta o'zingiz bilan olib keling.
□
Aviabiletlarning broni
 
・Ikki tomonga aviareyslarni bron qilganingizni ko'rsatuvchi hujjatlar
※Aviachipta sotib olish shart emas. Agar vizangiz tekshiruv natijasida berilmasa, Elchixona aviabiletga sarflangan pulni qaytarishga nisbatan hech qanday ma’suliyatni o’ziga olmaydi.
□ Safar xarajatlarini to'lash qobiliyatingizni tasdiqlovchi hujjatlar, masalan, bank hisob raqamidagi qo’ldiqni tasdiqlovchi ma’lumotnoma va boshqalar
 
・Bank hisob raqamidagi qo’ldiqni tasdiqlovchi ma’lumotnoma va shu hisob raqamdan so’nggi 3 oy aylanmasini taqdim qilish kerak.
・Ish joyidan olingan ma'lumotnoma (lavozim nomi, ish staji va maosh ko'rsatilgan), my.gov.uz orqali berilgan daromad ma’lumotnomasi va soliq to’langanligini tasdiqlovchi hujjat.
□
Ishonchnoma
 
(Ariza vakil orqali topshirilganda)
・Ariza beruvchi tomonidan imzolangan ishonchnomaning asl nusxasi taqdim etilishi shart.

・Yaponiya tomoni (taklif qiluvchi muassasa) tayyorlaydigan hujjatlar
□ Tibbiy muassasa tomonidan berilgan rejalashtirilgan tibbiy ko'rik va boshqalar to'g'risidagi ma'lumotnoma
□  Kafl bo’ladigan muassasadan Kafolat xati
□ Davolash rejasi (Agar davolanish uchun Yaponiyaga bir necha bor tashrif buyurishingiz kerak bo'lsa)
- Haqiqiy safar rejalaringizni aniq bayon qiling
- Turar joyingizning ismini, manzilini va aloqa ma'lumotlarini kiriting
- Iloji boricha batafsil ma'lumot bering

※Bundan tashqari, Elchixona ariza berish jarayoni uchun zarur deb hisoblangan qo'shimcha hujjatlarni so'rashi mumkin.