Rivojlanishga rasmiy yordam (RRY)

2024/10/24

 Yaponiya Oʻzbekistonning mustaqillikka erishgandan soʻng bozor iqtisodiyotiga oʻtish borasidagi saʼy-harakatlarini, Markaziy Osiyoning muhim nuqtasida, qoʻshni Afgʻonistonda joylashgan Oʻzbekistonning barqaror rivojlanishi muhimligiga muvofiq, doimiy ravishda qoʻllab-quvvatlab kelmoqda.
 RRY Oʻzbekistonda 2012-yilda eʼlon qilingan, “Oʻzbekistonga yordam koʻrsatish siyosati” rasmiy dasturi asosida amalga oshirilmoqda. Dasturning ustuvor vazifalari qatoriga iqtisodiy oʻsishni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash va tengsizlikni oldni olish kabi yoʻnalishlar asosiy maqsad qilib olingan, shuningdek, iqtisodiy infratuzilmani (transport, energetika) modernizatsiya qilish va takomillashtirish, inson resurslarini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash, muvaffaqiyatli bozor iqtisodiyoti tizimini yaratish, sanoat va iqtisodiyotni rivojlantirish va ijtimoiy sektorni qayta qurishni qoʻllab-quvvatlashni oʻzi ichiga olgan uchta yoʻnalish kiritilgan.
 Yuqorida taʼkidlangan maqsadlarga binoan Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) tomonidan amalga oshirilayotgan kredit loyihalari, grant yordami va texnik hamkorlik hamda Yaponiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi tomonidan amalga oshirilayotgan “Kichik ijtimoiy loyihalarga begʻaraz yordam koʻrsatish” va “Madaniyat yoʻnalishlari boʻyicha kichik ijtimoiy loyihalarga grant yordami” kabi turli xil yordam sxemalari koʻrsatilmoqda. Yaponiya oʻz siyosatidagi muhim masalalardan biri boʻlgan “sifatli infratuzilma”ni (15 daq/60 soniyali videoni yuklab olish) xorijda targʻib qilishni eʼtiborga olib, Oʻzbekistonning rivojlanishiga yordam berishda davom etadi.

 Oʻzbekistondagi RRY loyihalari haqidagi batafsil maʼlumotlar JICA veb-saytida mavjud (ingliz tilida)

 Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi huquqbuzarliklarga barham berish maqsadida RRY loyihalarini amalga oshirish doirasidagi korrupsion sxemalar haqidagi maʼlumotlarni qabul qiladi.

 Yaponiyaning Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan RRY loyihasi boʻyicha “Korrupsiya haqidagi maʼlumotlarni qabul qilish punkti”Open a new window

Oʻzbekiston bilan aloqa ma’lumotlari quyida koʻrsatilgan
1007