Kichik miqyosli ijtimoiy loyihalarga beg`araz yordam dasturi doirasida Qashqadaryo viloyati tibbiyot tashkilotlariga jihozlarni topshirish marosimi to`g`risida

2024/6/21
photo 1
     20 iyunda Yaponiya hukumatining “Kichik miqyosli ijtimoiy loyihalarga beg`araz yordam” dasturi doirasida Qashqadaryo viloyati tibbiyot tashkilotlariga umumiy qiymati tahminan 195,000 AQSH dollariga teng tibbiyot jihozlarini topshirish marosimi bo`lib o`tdi.
 
Tibbiyot tashkilotlari va tibbiy jihozlar:
 
  1. Respublika ixtisoslashtirilgan ko`z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filiali (jarrohlik mikroskopi va ko`z jarrohligi uchun mo`ljallangan fakoemulsifikator)
  2. Respublika ixtisoslashgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filiali (Ultratovush diagnostik uskunasi, video-endoskop, jarrohlik aspiratori)
 
  Bu galgi Yaponiyaning hamkorligi orqali yanada xavfsiz va mos diagnostika hamda davolashni amalga oshirish imkoniyati yaratildi.Yaponiya barcha insonlar o`z qadr-qimmatini his qilgan holda yashay oladigan jamiyat qurishni targ`ib qiluvchi “Insonlar xavfsizligini ta`minlash” tamoyiliga alohida ahamiyat qaratadi. Biz bundan keyin ham O`zbekistonda yuqori sifatli sog`liqni saqlash xizmatlari imkoniyatlarini yaxshilashga qaratilgan hamkorlikni davom ettiramiz.
photo2