O‘zbekiston Respublikasi uchun “Sog‘liqni saqlash va tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimini yaxshilash loyihasi” bo‘yicha yena kreditining almashinuv notalarini imzolash marosimi



2025-yil 20-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida Yaponiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi janob HATORI Takashi va O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri janob Laziz QUDRATOV umumiy qiymati 22,953 mlrd yen bo‘lgan “Sog‘liqni saqlash va tibbiy yordamni yaxshilash loyihasi” bo‘yicha yena kreditining (izoh 1) almashinuv notalarini imzoladilar. Ushbu yena krediti loyihasi Iqtisodiy hamkorlik uchun maxsus shartlarni qo‘llaydi (STEP, izoh 2).
O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishi bilan birgalikda turmush tarzining o‘zgarishi tufayli insult kabi yuqumli bo‘lmagan kasalliklardan vafot etayotganlar soni oshib bormoqda. Toshkent shahrida nevrologik kasalliklarga chalingan bemorlarga xizmat qiladigan shifoxonalar soni yetarli emasligi bilan birgalikda, viloyatlardagi uchinchi darajali shifoxonalarda nevrologik kasalliklar uchun tibbiy jihozlar yo‘q yoki yetarli bo‘lmagani sababli, tegishli tibbiy xizmatdan o‘z vaqtida foydalana olmaslik muammosi yuzaga kelmoqda.
Bunday qiyinchiliklarni bartaraf etish maqsadida, mazkur loyiha Toshkent shahrida Nevrologiya va insult markazini qurish va uni tibbiy jihozlar bilan ta’minlash, shuningdek, Samarqand va Buxorodagi uchinchi darajali tibbiyot muassasalarini tibbiy jihozlar bilan ta’minlash va shu orqali nevrologik kasalliklar kabi yuqumli bo‘lmagan kasalliklarni davolashni yaxshilash imkonini beradi. Loyiha, sifatli tibbiy xizmat, birinchi navbatda, yuqumli bo‘lmagan kasalliklar bo‘yicha ilg‘or tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish, hamda Markazning tibbiyot kadrlarini tayyorlash bo‘yicha bazaviy o‘quv markazi sifatidagi funksiyalarini kuchaytirish orqali O‘zbekiston aholisi salomatligini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Kredit shartlari:
(konsultativ xizmat: 0,40%)
(2) To‘lov muddati: 40 yil (imtiyozli davr: 10 yil)
Izoh 1: Yena kreditlari - ushbu hamkorlikka binoan, zarur moliyaviy resurslar turli xil mamlakatlarga qulay shartlarda (past foiz stavkalari va uzoq to‘lov muddati) kredit asosida beriladi. Bunday mamlakatlarga taqdim etilgan moliyaviy resurslar Yaponiyaga qaytarilishi ko‘zda tutilgan va ulardan samarali foydalanish mustaqil rivojlanishga olib kelishi kutilmoqda.
Izoh 2: Iqtisodiy hamkorlik boʻyicha maxsus kelishuvlar (STEP) 2002-yilda Yaponiyaning ilgʻor texnologiyalari va nou-xaularidan foydalangan holda texnologiyalarni uzatish orqali Yaponiyaning “koʻzga koʻrinarli yordami”ni ragʻbatlantirish maqsadida tashkil etilgan mexanizmdir.