“Iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish dasturi” beg‘araz yordami doirasida Almashinuv notalarining imzolanish marosimi Mammoskrining uskunakarini taqdim etish loyihasi

2025/11/17
1
 2025-yil 14-noyabr kuni Yaponiyaning Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi janob HIRATA Kenji va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri janob XUDAYAROV Asilbek Anvarovich Yaponiya hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan 859 million iyena (taxminan 5,6 million AQSh dollari) miqdoridagi “Iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish dasturi” beg‘araz yordami doirasida Almashinuv notalarini imzoladilar.
 
 Ushbu dastur doirasida Toshkent va Oʻzbekistonning boshqa hududlaridagi jami17 ta davlat shifoxonalari Yaponiyada ishlab chiqarilgan mammografiya skrining uskunalari bilan jihozlanadi va butun mamlakat boʻylab mammografiya skriningi xizmatlari kengaytiriladi. Ushbu loyiha koʻkrak bezi saratonini erta tashxislashni osonlashtirishi va zamonaviy yapon texnologiyalarini joriy etish orqali mamlakatning sogʻliqni saqlash tizimini mustahkamlashi kutilmoqda.
 
 2022-yil dekabr oyida Tokioda boʻlib oʻtgan “Markaziy Osiyo+Yaponiya” Muloqoti doirasidagi Tashqi ishlar vazirlarining 9-yigʻilishida erkin va ochiq Markaziy Osiyoda barqaror rivojlanishga erishish maqsadida, Yaponiya “Insonlarga sarmoya kiritish” va “Oʻsish sifati”ga alohida urgu beradigan yangi model asosida hamkorlikni rivojlantirishga qaror qildi. Ushbu loyiha “Insonlarga sarmoya kiritish” ga hissa qoʻshadi.
 
     Yaponiya hukumati O‘zbekistonda tibbiy xizmat sifatini oshirishga qaratilgan hamkorlikni rivojlantirishda davom etadi.
 
 
 
Toshkent, 14 noyabr 2025 yil
2
3