Elchi HATORI Takashining Surxondaryo viloyatiga tashrifi

2024/10/24
1
2
3
4

  21-22-oktabr kunlari Xatori Takashi elchi janoblari Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi va 21-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan UNICEF bilan o‘zaro loyihaning ochilish marosimida ishtirok etdi. Loyiha doirasida Surxondaryo viloyatidagi shifoxonada suv taʼminoti, kanalizatsiya va gigiyena (WASH) obʼyektlari hamda tibbiy chiqindilarni tozalash uskunalarini yaxshilashga qaratilgan moliyaviy koʻmak berildi.
  Xatori Elchi janoblari BMTTD bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan beg’araz yordam loyihasi doirasida jihozlangan Yoshlar markazining (Youth hub) ochilish marosimida ham ishtirok etdi. Markaz IT va chet tillari, hamda kasb-hunarga o‘rgatishda ko‘mak berib, yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirishda xizmat qiladi.
  Yaponiya hukumati kelgusida ham yuqori sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanishni yaxshilash va yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida O‘zbekiston bilan hamkorlikni davom ettirish niyatida.

5
6