“Inklyuziv va barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi” doirasidagi kredit taqdim etish bo‘yicha Almashinuv notalari imzolandi

2024/8/16

  Joriy yilning 11 avgust kuni Yaponiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi janob Hatori Takashi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov janoblari “Inklyuziv va barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi” doirasida 39 milliard yen miqdoridagi kredit taqdim etish bo‘yicha Almashinuv notalari imzolandi. Bosh vazir o‘rinbosari Qoʻchqorov va JICAning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari janob Bito Yoshibumi ham ushbu loyiha boʻyicha Kredit shartnomasini imzoladi.
 
 
  Mazkur loyihaning maqsadi O‘zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o‘tishga qaratilgan iqtisodiy islohotlarni davom ettirishini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, moliyaviy barqarorlik va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashdan iborat. Bu mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligi va barqaror rivojlanishiga xizmat qilishi kutilmoqda.
 
 
(Taqdim etish shartlari)
(1) Foiz stavkasi: 2,20%
(2) To'lov muddati (imtiyozli davr): 30 yil (10 yil)