Kichik miqyosli ijtimoiy loyihalarga beg`araz yordam dasturi doirasida Buxoro viloyati tibbiyot tashkilotlariga jihozlarni topshirish marosimi to`g`risida
2024/6/12

11 iyunda Yaponiya hukumatining “Kichik miqyosli ijtimoiy loyihalarga beg`araz yordam” dasturi doirasida Buxoro viloyati Romitan tuman tibbiyot birlashmasi va Peshku tuman tibbiyot birlashmasiga umumiy qiymati tahminan 182,000 AQSH dollariga teng tibbiyot jihozlarini topshirish marosimi bo`lib o`tdi.
Bu galgi Yaponiyaning hamkorligi orqali shifoxonalar rentgen diagnostika uskunasi va operatsiya uchun mo`ljallangan uskunalar bilan jihozlanib, yanada xavfsiz va mos diagnostika hamda operatsiyani amalga oshirish imkoniyati yaratildi.
Yaponiya barcha insonlar o`z qadr-qimmatini his qilgan holda yashay oladigan jamiyat qurishni targ`ib qiluvchi “Insonlar xavfsizligini ta`minlash” tamoyiliga alohida ahamiyat qaratadi. Biz bundan keyin ham O`zbekistonda yuqori sifatli sog`liqni saqlash xizmatlari imkoniyatlarini yaxshilashga qaratilgan hamkorlikni davom ettiramiz.