Yaponiya hukumatining “Inson xavfsizligini ta’minlash boʻyicha kichik miqyosli ijtimoiy loyihalarga begʻaraz yordam” dasturi doirasidagi grant shartnomasini imzolash marosimi toʻgʻrisida
1-noyabr kuni Fargʻona viloyatining Kardiologiya Markazida Yaponiyaning Oʻzbekistondagi elchisi janob HIRATA Kenji va Respublika ixtisoslashtirilgan koʻz mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Fargʻona filiali direktori janob SHERMATOV Abdurazzoq oʻrtasida Yaponiya hukumati tomonidan amalga oshiriladigan “Inson xavfsizligini ta’minlash boʻyicha kichik miqyosli ijtimoiy loyihalarga begʻaraz yordam” dasturi doirasida Fargʻona viloyatida oftalmologik jarrohlik uchun uskunalar bilan ta’minlash loyihasi (umumiy grant miqdori 100,000 AQSH dollar) asosida oftalmologik jarrohlik uchun uskunalar toʻplamini yetkazib berish uchun grant shartnomasi imzolandi. Shuningdek, ushbu marosimda Fargʻona viloyat hokimi oʻrinbosari janob MAMAJONOV Nuriddin, Fargʻona viloyati Sogʻliqni saqlash boshqarmasi rahbari PRIMQULOV Bobur janoblari va boshqalar ishtirok etishdi.
Yaponiya barcha insonlar o‘z qadr-qimmatini his qilgan holda yashay oladigan jamiyat qurishni targ‘ib qiluvchi «Inson xavfsizligini ta’minlash» tamoyiliga alohida ahamiyat qaratadi. O‘zbekistonda 1995 yildan beri “Inson xavfsizligini ta’minlash boʻyicha kichik miqyosli ijtimoiy loyihalarga beg‘araz yordam” grant dasturi doirasida sog‘liqni saqlash, ta’lim va qishloq xo‘jaligi sohalarida loyihalar amalga oshirilmoqda. Bugun imzolangan loyiha bilan birgalikda umumiy loyihalar soni 427 koʻrsatkichini tashkil etib, ularning umumiy miqdori 28,66 million AQSh dollardan oshdi.
Yaponiya bundan keyin ham O‘zbekistonda yuqori sifatli sog‘liqni saqlash tibbiy xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilashga hissa qo‘shishda hamkorlikni davom ettiradi.
