“Inson xavfsizligini ta’minlash boʻyicha kichik miqyosli ijtimoiy loyihalarga begʻaraz yordam” dasturi doirasidagi imzolangan grant shartnomasini tantanaviy ravishda topshirish marosimi

2026/3/25
1
2
3

  2026 yil 10 mart kuni Yaponiyaning Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi janob HIRATA Kenji va S. Sultanov nomidagi Respublika Ftiziatriya va Pulmonologiya Markazi direktori janob KUDAYBERGENOV Qallibek oʻrtasida “S. Sultanov nomidagi Respublika Ftiziatriya va Pulmonologiya Markazini tibbiy asbob-uskunalar bilan ta’minlash” loyihasi boʻyicha 66 600 AQSH dollari miqdoridagi grant shartnomasi imzolandi. Mazkur loyiha Yaponiya hukumatining “Inson xavfsizligini ta’minlash boʻyicha kichik miqyosli ijtimoiy loyihalarga begʻaraz yordam” dasturi doirasida amalga oshirildi. 

  Shu munosabat bilan, joriy yilning 25 mart kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi sogʻliqni saqlash Vazirligida yuqorida qayd etilgan grant shartnomasini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Marosimda Qoraqalpogʻiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri birinchi oʻrinbosari janob ASQAROV Akmal va boshqalar ishtirok etishdi.
 
  Yaponiya «Inson xavfsizligini ta’minlash» tamoyiliga alohida ahamiyat qaratadi. Ushbu konsepsiya har bir inson baxtli va munosib hayot kechirishi mumkin bo‘lgan jamiyatni barpo etishga xizmat qiladi. O‘zbekistonda   1995- yildan buyon “Inson xavfsizligini ta’minlash boʻyicha kichik miqyosli ijtimoiy loyihalarga beg‘araz yordam” grant dasturi doirasida sog‘liqni saqlash, ta‘lim va qishloq xo‘jaligi sohalarida loyihalar amalga oshirilmoqda. Yangi imzolangan loyihani inobatga olgan holda, jami tashabbusla soni 428 taga yetdi, ularning umumiy miqdori esa 28,72 million AQSh dollardan oshdi.
 
  Yaponiya hukumati bundan keyin ham O‘zbekistonda yuqori sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilashga hissa qo‘shishda hamkorlikni davom ettiradi.