“Iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish dasturlari” beg‘araz yordami doirasida Almashinuv notalarining imzolanish marosimi Tibbiy ko‘chma konteynerlar taqdim etish dasturi

2024/7/3
photo 1
1
2
  2024 yil 2 iyul kuni Yaponiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi janob HATORI Takashi va O‘zbekiston Respublikasining Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri janob Laziz QUDRATOV Yaponiya hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan 1 mlrd iyen (taxminan 6 mln 262 ming AQSH dollari) miqdoridagi “Iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish dasturlari” beg‘araz yordami doirasida Almashinuv notalarini imzoladi.
 
  Ushbu dastur doirasida O‘zbekistonga kompyuter tomografiyasi skaneri, rentgen apparati va boshqa tibbiy uskunalar bilan jihozlangan 4 dona tibbiy ko‘chma konteyner taqdim etiladi, bu esa butun Respublika bo‘ylab sayyor tibbiy xizmat ko‘rsatish imkonini beradi. Ushbu dastur chekka hududlar aholisining tibbiy xizmatlardan foydalanishini osonlashtirishi, sog‘liqni saqlash va tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimini mustahkamlashi, shuningdek, O‘zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga hissa qo‘shishi kutilmoqda.
 
  2022-yil dekabr oyida Tokioda boʻlib oʻtgan “Markaziy Osiyo+Yaponiya” Muloqoti doirasidagi tashqi ishlar vazirlarining 9-yigʻilishida erkin va ochiq Markaziy Osiyoda barqaror rivojlanishga erishish maqsadida, Yaponiya “Insonlarga sarmoya kiritish” va “Oʻsish sifati”ga alohida urgu beradigan yangi model asosida hamkorlikni rivojlantirishga qaror qildi. Ushbu loyiha “Insonlarga sarmoya kiritish” ga hissa qoʻshadi.
 
     Yaponiya hukumati O‘zbekistonda tibbiy xizmat sifatini oshirishga qaratilgan hamkorlikni rivojlantirishda davom etadi.