Kichik miqyosli ijtimoiy loyihalarga beg‘araz yordam dasturi doirasida Surxandaryo viloyati Termiz shahrida o‘tkazilgan jihozlarni topshirish marosimi to‘g‘risida



14 may kuni Yaponiya hukumatining “Kichik miqyosli ijtimoiy loyihalarga beg‘araz yordam” dasturi doirasida Surxandaryo viloyati Termiz shahridagi 17 va 28-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotlariga umumiy qiymati taxminan 50,000 AQSH dollariga teng jihozlarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Bu safar Yaponiyaning hamkorligi orqali maktabgacha ta’lim tashkilotlariga stol, stul va oshxona mebel jihozlari taqdim etilib, bolalar parvarishi va ta’limi uchun xavfsiz va gigiyenik muhit yaratildi.
Yaponiya barcha insonlar o‘z qadr-qimmatini his qilgan holda yashay oladigan jamiyat qurishni targ‘ib qiluvchi «Inson xavfsizligini ta’minlash» tamoyiliga alohida ahamiyat qaratadi. Biz bundan keyin ham O‘zbekistonning kelajagi bo‘lgan bolalarning sog‘lom o‘sishi va ta’lim muhiti sifati oshishiga hissa qo‘shadigan hamkorlikni davom ettiramiz.

