“Barqaror iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash dasturi” bo‘yicha Almashinuv notalarini imzolash marosimi



2024-yil 19-fevral kuni Yaponiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi janob XATORI Takashi va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya Vazirining birinchi o‘rinbosari janob Ilhom NORQULOV jami 37 mlrd iyen (taxminan 246 mln 235 ming AQSH dollari) miqdoridagi “Barqaror iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash dasturlari” bo‘yicha Almashinuv notalarini imzoladilar. Shuningdek, janob NORQULOV va JICAning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari janob BITO Yoshibumi ushbu loyiha boʻyicha Kredit shartnomasini imzoladilar.
Loyihaning maqsadi O‘zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o‘tishiga qaratilgan iqtisodiy islohotlarning uzluksiz amalga oshirilishini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash orqali ijtimoiy integratsiya va barqarorlikni mustahkamlashga hissa qo‘shishdan iborat. Ushbu loyiha mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligi va rivojlanishiga hissa qo‘shishi kutilmoqda.
2022-yil dekabr oyida Tokioda boʻlib oʻtgan “Markaziy Osiyo+Yaponiya” Muloqoti Tashqi ishlar vazirlarining 9-yigʻilishida erkin va ochiq Markaziy Osiyoda barqaror rivojlanishga erishish maqsadida, Yaponiya yangi model muvofiq hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirishni eʼlon qildi. Ushbu model “Insonlarga sarmoya kiritish” va “Oʻsish sifati”ga qaratilgan boʻlib, imzolangan dastur “Oʻsish sifati” yoʻnalishini mujassamlashtiradi.
Kredit shartlari:
(1) Foiz stavkasi: yillik 1,80%
(2) Toʻlov muddati: 30 yil (shu jumladan 10 yillik imtiyozli davr)