“Kadrlar tayyorlash uchun stipendiyalar bilan ta’minlash” begʻaraz pul yordam dasturi doirasida almashuv notalarini imzolash marosimi

2024/8/30
     2024 yil 23 avgust kuni Yaponiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi janob HATORI Takashi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid XO‘JAEV 349 million iyen (taxminan 2 million 420 ming AQSH dollari) miqdoridagi Yaponiya hukumatining begʻaraz yordam dasturi doirasida “Kadrlar tayyorlash uchun stipendiyalar taqdim etish” loyihasi bo‘yicha almashinuv notalarini imzoladi. Shuningdek, Bosh vazir oʻrinbosari janob XO‘JAEV va JICAning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari janob BITO Yoshibumi ushbu loyiha boʻyicha Grant shartnomasini imzoladi.
 
     Ushbu loyiha Oʻzbekistonning yosh davlat xizmatchilariga oʻqish toʻlovlarini toʻlash, shuningdek, Yaponiyada ilmiy daraja (magistr/doktorantura) olish uchun zarur boʻlgan boshqa xarajatlarni qoplash orqali qoʻllab-quvvatlashni oʻz ichiga oladi. Loyihaning amalga oshirilishi yosh davlat xizmatchilariga O‘zbekiston taraqqiyoti uchun zarur bo‘lgan turli sohalarda Yaponiyada kasbiy bilim olishga hissa qo‘shish imkonini berishi kutilmoqda. Shuningdek, mazkur loyiha doirasida tayyorlangan kadrlar Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro tushunishni chuqurlashtirish va do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.