Yaponiya hukumatining "Orol dengizi mintaqasida suv resurslarini boshqarishni kuchaytirish va iqlim oʻzgarishiga chidamlilikni oshirish" begʻaraz yordam dasturi doirasida almashinuv notalarining imzolanishi - BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlikda -

2026/2/27
1
2
3

  2026-yil 27-fevral kuni Yaponiyaning Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi janob HIRATA Kenji va BMT Taraqqiyot Dasturining Oʻzbekistondagi doimiy vakili FUJII Akiko xonim Yaponiya hukumatining grant yordami dasturi doirasida amalga oshirilayotgan 720 million iyena miqdoridagi “Orol dengizi mintaqasida suv resurslarini boshqarishni kuchaytirish va iqlim oʻzgarishiga chidamlilikni oshirish” loyihasi boʻyicha almashinuv notalarini imzoladilar.

4

  Loyiha suv resurslari yomonlashib borayotgan Orol dengizi mintaqasida raqamli suv monitoringi tizimidan foydalangan holda resurslarni boshqarish sohasida salohiyatni oshiradi va suvdan tejamkor foydalanishni ta'minlaydigan qishloq xoʻjaligi amaliyotlarini joriy etishga koʻmaklashadi. Bu Oʻzbekistonda suv xavfsizligi orqali adolatli va barqaror jamiyatni yaratishga olib kelishi kutilmoqda.
  Ushbu dastur 2025-yil dekabr oyida ilk bor boʻlib oʻtgan “Markaziy Osiyo + Yaponiya” Muloqoti va sammitida qabul qilinib, davlat rahbarlari Qoʻshma deklaratsiyasi (Tokio deklaratsiyasi) da belgilangan hamkorlikning uch muhim yoʻnalishlaridan biri sifatida belgilangan “yashil va barqaror” rivojlanishga aniq shakl beradi.
  Yaponiya hukumati doʻstona munosabatlarni mustahkamlash maqsadida Oʻzbekiston bilan hamkorlikni davom ettiradi.