Yaponiya hukumatining “Inson xavfsizligini ta`minlash bo`yicha kichik miqyosli ijtimoiy loyihalarga beg`araz yordam” dasturi doirasidagi grant shartnomalarini imzolash marosimi to`g`risida

2025/1/9
画像1
画像2
画像3
画像4
画像5
  9 yanvar kuni O`zbekiston Respublikasining Sog`liqni saqlash vazirligida Yaponiya hukumati tomonidan amalga oshiriladigan “Inson xavfsizligini ta`minlash bo`yicha ijtimoiy loyihalarga beg`araz yordam” dasturi doirasida grant shartnomalarini imzolash marosimi bo`lib o`tdi. Unda Yaponiya elchisi HATORI Takashi ishtirok etdi va grant shartnomalarini imzoladi. Shuningdek, ushbu marosimda Sog`liqni saqlash vazirligi Vaziri XUDAYAROV Asilbek janoblari bilan bir qatorda Toshkent shahar va Buxoro viloyatining tibbiyot tashkilotlari vakillari ishtirok etdilar.
 
  Imzolash marosimida quyidagi 3 ta loyihaning (umumiy hajmi taxminan 215,000 AQSH dollar) grant shartnomasi imzolandi.

 1.Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialini tibbiyot uskunalari bilan ta`minlash loyihasi   
  
  Grant miqdori: 111,720 AQSH dollari
  Xarid qilinishi rejalashtirilgan uskunalar: ginekologik endoskopik to`plam, artroskopik to`plam.

 2.Respublika Perinatal Markazini tibbiyot uskunalari bilan ta`minlash loyihasi 

  Grant miqdori: 75,840 AQSH dollari              
  Xarid qilinishi rejalashtirilgan uskunalar: endoskopik jihozlar to`plami, jarrohlik aspiratori

 3.Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi, immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazini tibbiyot uskunasi bilan ta`minlash loyihasi

  Grant miqdori: 27,876 AQSH dollari
  Xarid qilinishi rejalashtirilgan uskunalar: LOR jihozlar to`plami

  Yaponiya barcha insonlar o‘z qadr-qimmatini his qilgan holda yashay oladigan jamiyat qurishni targ‘ib qiluvchi «Inson xavfsizligini ta'minlash» tamoyiliga alohida ahamiyat qaratadi. O‘zbekistonda 1995 yildan beri “Inson xavfsizligini ta`minlash bo`yicha kichik miqyosli ijtimoiy loyihalarga beg‘araz yordam” grant dasturi doirasida sog‘liqni saqlash, ta'lim va qishloq xo‘jaligi sohalarida loyihalar amalga oshirilmoqda. Bugun imzolangan loyihalar bilan birgalikda umumiy loyihalar soni 425 dan ziyodni tashkil etib, ularning umumiy miqdori 28,56 million AQSh dollardan oshdi.
 
  Yaponiya bundan keyin ham O‘zbekistonda yuqori sifatli sog‘liqni saqlash tibbiy xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilashga hissa qo‘shishda xamkorlikni davom ettiradi.