«Raqamli arxivlar orqali Buyuk Ipak yo‘li madaniy merosini saqlash loyihasi» beg‘araz moliyaviy yordam loyihasi doirasida jihozlarni topshirish marosimi
2026/8/20
18-avgust kuni O‘zbekistondagi Yaponiya Favqulodda va Muxtor Elchisi HIRATA Kenji janoblari Davlat tarixi muzeyida raqamli arxiv uskunalarini topshirish marosimida ishtirok etdi.
O'zbekiston, o'zining uzoq tarixi bilan, nihoyatda boy madaniy merosga ega. Yaponiya Madaniy meros agentligi, O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi va Termiz arxeologiya muzeyiga skanerlar va ma’lumotlarni saqlash qurilmalarini taqdim etish orqali ushbu madaniy merosni raqamli tasvirlar ko‘rinishida saqlash borasidagi O‘zbekiston sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlamoqda.
