Toshkent issiqlik-elektr stansiyasining qurilishini yakunlash marosimi

2024/5/8
1
2

  Joriy yilning 8-may kuni Toshkent shahrida Yaponiya krediti ko‘magida qurilgan Toshkent issiqlik-elektr stansiyasining qurilishini yakunlash marosimi bo‘lib o‘tdi, unda Yaponiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi janob HATORI Takashi ishtirok etdi. Shuningdek, marosimda O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri janob Jo‘rabek MIRZAMAHMUDOV, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ boshqaruvi raisi janob Bahodir JO‘RAYEV, JICAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi boshlig‘i BITO Yoshibumi va boshqalar ishtirok etdi.
 
  Yaponiyaning ushbu hamkorligi hududdagi elektr va issiqlik energiyasini barqaror ta’minlash hamda energiya samaradorligini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
 
  Yaponiya hukumati O‘zbekistonning barqaror va sifatli iqtisodiy o‘sishiga hissa qo‘shadigan hamkorlikni rivojlantirishda davom etadi.