Elchi HATORI Takashining Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi

2024/7/2
photo 1
2
3
1
2
  1 iyul kuni Elchi HATORI Takashi Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurdi va “Qoraqalpog‘iston tibbiyot universiteti shifoxonasida tibbiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash dasturi” beg‘araz yordami loyihasi uchun Rivojlanishga rasmiy yordam yodgorlik taxtasining ochilish marosimida ishtirok etdi. Elchi XATORI, shuningdek, BMTTD bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Orolboʻyida iqlim barqaror qishloq xoʻjaligi orqali oʻzini-oʻzi taʼminlashni qoʻllab-quvvatlash” beg‘araz yordam loyihasi amalga oshirilayotgan maydonga tashrif buyurdi.
  Yaponiya hukumati O‘zbekistonda yuqori sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash va Orolbo‘yi oldida turgan muammolarni hal etishda hamkorlikni davom ettiradi.