Yaponiyaga viza olish tartibi
2026/8/5
● Quyidagi ma'lumotlar va Yaponiya elchixonasining veb-saytidagi (viza bilan bog’liq) ma'lumotlarni sinchiklab o’qib chiqing hamda arizangizni, safaringiz rejalashtirilgan sanadan oldinroq, yetarli vaqt oralig'i bilan topshiring.
● Vizaga ariza berish tartibi o'zgarib turishi sababli, Yaponiya elchixonasi veb-saytidan (viza bilan bog’liq) eng so'nggi ma'lumotlarni muntazam tekshirib turing.
● Telefon yoki elektron pochta orqali berilgan so'rovlarga javob bera olmaymiz. Quyidagi ma'lumotlar va Yaponiya elchixonasining veb-saytidagi (viza bilan bog’liq) ma'lumotlarni to'liq o’qib chiqing.
● Agar ingliz yoki yapon tilidan boshqa tilda rasmiylashtirilgan hujjatlar taqdim etilsa, ularga ingliz yoki yapon tilidagi tarjima ilova qilinishi kerak.

1. Qisqa muddatli viza uchun ariza beruvchilar (biznes, madaniy almashinuv, turizm yoki qarindoshlar va tanishlarnikiga tashrif buyurish maqsadidagi shaxslar)
● Ariza qabul qilish vaqtlari:
Dushanba – Juma: 9:30–12:30
Viza arizasi topshirish tartibi:
1.Hujjatlarni tayyorlash: zarur hujjatlarning to'liq to'plamini tayyorlang.
Muhim eslatmalar:
Dushanba – Juma: 9:30–12:30
Viza arizasi topshirish tartibi:
1.Hujjatlarni tayyorlash: zarur hujjatlarning to'liq to'plamini tayyorlang.
2.Onlayn navbat: Saytda korsatilgan havola orqali onlayn navbat oling.
3.Visaga ariza topshirish: Hujjatlar viza qabul bo‘limida tekshiriladi. Arizasi qabul qilingan shaxslarga “ariza qabul qilinganligi to‘g‘risida kvitansiya” beriladi. Ushbu hujjat pasportni qaytarib olish vaqtida kerak bo‘ladi, shuning uchun uni ehtiyotkorlik bilan saqlang. Agar kvitansiya berilmagan bo‘lsa, bu viza arizasi (vizaga ariza topshirish jarayoni) yakunlanmaganini anglatadi. Xodimlarning ko‘rsatmalariga amal qilib, arizani qaytadan topshirishingiz kerak bo‘ladi.
4.Pasportni qaytarish: Qabul kvitansiyasida ko‘rsatilgan, pasportni qaytarish rejalashtirilgan sana, soat 14:30–17:00 oralig‘ida qabul kvitansiyasini olib elchixonaga keling.
Agar ko‘rib chiqish jarayoni ko‘proq vaqt talab etsa va kvitansiyada ko‘rsatilgan sanada pasportni qaytarib berish imkoni bo‘lmasa, elchixona pasportni qaytarish rejalashtirilgan kuni, soat 11:00 gacha siz bilan bog‘lanadi.

・Elchixona oldida navbatda turganda, devor bo'ylab bir qator bo’lib, tartib va tinchlik saqlab turing. Yo'l harakati to'sig’i paydo bo’lishiga sabab bo’ladigan, mahalliy aholini bezovta qiladigan va Yaponiya elchixonasiga muammolar keltirib chiqaradigan xatti-harakatlardan qat’iyan chetlanishingizni so’raymiz. Bunday xatti-harakatlar aniqlangan taqdirda, o'sha kuni arizachilar qabul qilinmaydi.
・Shuningdek, boshqa har qanday noqonuniy xatti-harakatlar, Elchixona xodimlari yoki qo'riqchilarni aldash holatlari aniqlangan holda, mazkur shaxs yoki unga aloqador bo’lganlar tomonidan hech qanday arizalar qabul qilinmaydi.

2. Yaponiyadagi rezidentlik maqomi huquqini beruvchi guvohnomaga ega bo’lganlar (o'qish, kasbiy malaka amaliyot (stajyor) tayyorlash, maxsus malakali ishchilar, texnologik, gumanitar yoki xalqaro faoliyat mutaxassislik bilimlari va boshqalar uchun)
● Seshanba-juma kunlari, 14:30 dan 17:00 gacha
3. Boshqa ariza beruvchilar (O'zbekiston hukumati tomonidan berilgan rasmiy hujjatlar asosida ariza topshirayotganlar, Yaponiya hukumati tomonidan taklif qilinganlar va boshqalar uchun)
● Dushanba-juma kunlari, 14:30 dan 17:00 gacha