Konsullik xizmatlari uchun onlayn navbat tizimi joriy etilishi haqida e’lon
Yaponiya Elchixonasida konsullik bo‘limidagi tirbandlikni kamaytirish va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida, quyidagi arizalar uchun oldindan onlayn navbatga yozilish tizimi joriy etiladi.
Onlayn navbatga ushbu havola orqali yozilish mumkin.
Yaqin orada onlayn navbat olish tizimiga haddan tashqari ko‘p noqonuniy kirish va ruxsatsiz foydalanish holatlari aniqlanayotganligi sababli, hozirgi vaqtda onlayn navbat olish tizimidan foydalanishda arizachining o‘zi oldindan akkaunt ochganidan keyingina navbat olish uchun ariza topshirishi majburiy etib belgilandi.
Shunga e’tibor beringki, akkaunt ochish uchun kiritilgan ma’lumotlar va ariza berish uchun kelgan shaxsning ma’lumotlari bir-biriga mos kelmasa, ariza hujjatlari qabul qilinmaydi.
Shuningdek, firibgarlik yoki boshqa qoidabuzarlik holatlariga shubha tug‘ilsa, Elchixona qaroriga ko‘ra olingan navbat bekor qilinadi. Buni oldindan inobatga olishingizni so‘raymiz.
Onlayn navbat talab qilinadigan arizalar
- Sudlanmaganlik haqida ma’lumotnoma (Police Certificate)
- Viza
