Uzoq muddatli viza (Yashash holati to’g’risidagi sertifikatiga (Certificate of Eligibility, COE) ega shaxslar uchun)

2025/12/26

Uzoq muddatli viza (Yashash holati to’g’risidagi sertifikatiga (Certificate of Eligibility, COE) ega shaxslar uchun)

 ●Soxta yashash holati to’g’risidagi sertifikat ko’p tasdiqlanib kelmoqda.
 ● Yashash holati to’g’risidagi sertifikatni olish jarayonida shubhali narsa bo’lgamidi? Siz katta to'lovlarni to’lagandingizmi?
 ●Agar soxtalashtirilgan yashash holati to’g’risidagi sertifikat taqdim etilsa, nafaqat arizachidan, balki bu ishga aloqador shaxslardan ham  uzoq muddatli vizaga ariza qabul qilinmaydi.

Zaruriy hujjatlar
※ - Hujjatlarning hammasi A4 formatidagi qog’ozda bo’lishi shart.
  - Stepler bilan qistirmangiz.
  - Hujjatlarni bir tomonga qaratib taxlab topshiring.
 

□ Visa anketasi - 2 nusxada
・Barcha bandlarni to'ldiring va bo'sh joylar qoldirmang. (Agar tegishli bo'lmasa, aniq qilib “none" yoki “n/a" deb yozing).
・Arizaga ariza beruvchining imzosi qo’yilishi shart.
※Agar uchinchi shaxs (masalan, vakil) arizani imzolaganligi aniqlansa, ariza qabul qilinmaydi.
□  
Fotosurat - 2 dona
 
・4,5 x 3,5 sm. o'lchamdagi tiniq rangli fotosurat
・So'nggi 6 oy ichida olingan fotosurat bo’lishi shart
・Iltimos, fotosuratni tekis va ariza shakli ramkasiga mos keladigan o'lchamda yopishtiring. Agar o'lchami mos kelmasa, sizdan qayta yuborishingiz so'raladi.
□  
Xorijga chiqish pasportning asli
 
・Muqovasini olib tashlang va ichiga qog'oz yoki boshqa narsalar qolmaganligini tekshiring.
□  
Xorijga chiqish pasportning kopiyasi
 
・Yuzingiz va ismingiz aniq ko'rsatilishi mumkin bo'lgan tiniq kopiyasini topshiring
※Elchixonada hujjatlar kserokopiya qilinmaydi. Shuning uchun ularning kopiyasini albatta o'zingiz bilan olib keling.
□ Yashash holati to’g’risidagi sertifikat (Certificate of Eligibility, COE) – asli va kopiyasi (agar asli bo’lmasa, faqat kopiyasi Agar siz elektron yashash holati to’g’risidagi  sertifikatni olgan bo'lsangiz, iltimos, Immigratsiya byurosi tomonidan yuborilgan elektron pochta xabarining nusxasini taqdim qiling.
□ Ishonchnoma (Ariza vakil orqali topshirilganda)
Ariza beruvchi tomonidan imzolangan ishonchnomaning asl nusxasi taqdim etilishi shart.

※ Bundan tashqari, Elchixona ariza berish jarayoni uchun zarur deb hisoblangan qo'shimcha hujjatlarni so'rashi mumkin.
  Masalan, “Student“ (“Talaba”) toifasidagi viza uchun:
       ・Yapon tilini bilish darajasini tasdiqlovchi hujjatlar (JPLT, NAT-TEST sertifikati va boshqalar)
       ・Yapon tilini o'rganish soatlarini tasdiqlovchi sertifikat
       ・O’qishga qabulinganlik xati
    "Engineer/Specialist in Humanities/Int’l Services" toifasidagi viza uchun
       ・Mehnat shartnomasi
       ・Ta'limingiz, ish tajribangiz va boshqa mehnat faoliyatingizni tasdiqlovchi hujjatlar