Yaponiya Universitetlarining Japan Education Fair 2025 ta'lim ko'rgazmasi o'tkazildi

2025/11/12
1
2
3
4
5
  3-noyabr kuni Wyndham mehmonxonasida "Japan Education Fair 2025" ta’lim ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir O‘zbekiston-Yaponiya markazi (UJC), Nagoya universitetining O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Tsukuba universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorligida, Yaponiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi, JICAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda Yaponiya xorijiy talabalarni qo‘llab-quvvatlash tashkilotitashkiloti (JASSO) ko‘magida tashkil etildi.
6
7
  Joriy yilda 11 ta universitet (ulardan biri tarqatma materiallarni taqdim etdi), shu jumladan Yaponiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Elchixonasi o‘z ma’lumotlarini taqdim etdi. Bundan tashqari, turli universitetlar vakillari taqdimotlar bilan chiqish qilib, Yaponiyada ta’lim va talabalar hayoti haqida turli ma’lumotlar bilan bo‘lishdilar. Ishtirokchilar universitetlar va tashkilotlar vakillariga faol savollar berib, Yaponiyada ta’lim olishning o‘ziga xos xususiyatlari haqidagi bilimlarini chuqurlashtirishga muvaffaq bo‘ldilar. Joriy yilda ta’lim ko‘rgazmasi uchta shaharda - Samarqand, Toshkent va Buxoroda bo‘lib o‘tdi.
8
9
   Ochilish marosimida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar Vaziri janob Qo‘ng‘irotboy Sharipov, UJC hamdirektori janob Ivazaki va Yaponiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Elchisi janob Hirata so‘zga chiqdilar. Elchining ta’kidlashicha, ushbu ko‘rgazma orqali ishtirokchilar turli ma’lumotlarga ega bo‘lishlari va Yaponiyada ta’lim olish imkoniyatini yanada chuqurroq his qilishlari mumkin. Yaponiya Elchixonasi ko'rgazma davomida davlat stipendiya dasturlari haqida ma’lumot berdi (Yaponiya hukumatining davlat stipendiya dasturi haqidagi ma’lumot https://www.uz.emb-japan.go.jp/itpr_uz/culture-education.html veb-saytida keltirilgan).
10