Yaponiya Jamg‘armasining 2027 yil dasturlarida ishtirok etish uchun arizalarni qabul qilish boshlangani haqida e'lon
Yaponiya Jamg‘armasi 2027 yilda dasturlarda ishtirok etish uchun arizalarni qabul qilishni boshlaganini e'lon qiladi. Ariza berish bo'yicha ko'rsatmalar bilan quyidagi havolalarda tanishib chiqishingiz mumkin:
Ingliz tilida - https://www.jpf.go.jp/e/program/list.html
Yapon tilida - https://www.jpf.go.jp/j/program/list.html
Dasturlarda ishtirok etish uchun toʻldirilgan arizalarni “Yaponiya Jamg‘armasi arizalari saytida” roʻyxatdan oʻtkazishingiz mumkin (URL: https://www.apply.jpf.go.jp/en/Identity/Account/Login). Ariza topshirish uchun avval shahsiy hisob qaydnomasini yaratish, so‘ngra tanlangan dastur sahifasida joylashtirilgan ariza shakllarini to‘ldirish hamda tegishli elektron hujjatlarni belgilangan muddatgacha saytga yuklash lozim. Agar siz o‘tgan yili ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsangiz, hisob qaydnomangiz joriy yilda ham amal qiladi.
Quyida Yaponiya Jamg‘armasining Oʻzbekistonga tegishli dasturlari keltirilgan. Har bir dasturning ma'lumoti, ariza talablari va topshirish muddatlari bilan quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin.
I Arts and Cultural Exchange
・Ishibashi Foundation/The Japan Foundation Fellowship for Research on Japanese Art
・Exhibitions Abroad Support Program
・Support Program for Translation and Publication
II Japanese-Language Education Overseas
・Program for Specialists in Cultural and Academic Fields
・Support Program for Organizations in Japanese-Language Education (Grants)
・Support Program for Organizations Providing Japanese-Language Education for Living and Working (Grants)
・Training Program for Teachers of the Japanese Language
III Japanese Studies Overseas and International Dialogue
・Japan Foundation Japanese Studies Fellowship Program
・Grant Program for Japanese Studies Projects
Ariza topshirish tartibi boʻyicha savollaringiz boʻlsa maʼlumotlarni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin: https://www.jpf.go.jp/e/program/instruction.html
Savolingizni echimi topilmasa, Yaponiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Elchixonasining Madaniyat va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limiga murojaat qiling (elektron pochta manzili: homepage@ts.mofa.go.jp, telefon: +998-78-120-80-76) .
