Respublika miqyosida 34-bor Yapon tili notiqlik san’ati tanlovi bo‘lib o‘tdi

2026/3/10
2
3


  Joriy yilning 7-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida O‘zbekistondagi yapon tili o‘qituvchilari assotsiatsiyasi, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O‘zbekiston-Yaponiya markazi hamda Yaponiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Elchixonasi tomonidan tashkil etilgan Yapon tilida 34-bor Yapon tili notiqlik san’ati tanlovi bo‘lib o‘tdi. (Yaponiya elchixonasi tomonidan birinchi kotib janob HORIE Yoshishiro ishtirok etdi).

4
5

  Tanlov ishtirokchilari har kuni yapon tilini o‘rganish natijalarini to‘liq namoyish etdilar va bosh sovrin uchun bellashuv juda yuqori saviyada o‘tdi.
 
Birinchi oltita sovrinni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar:
 
1-o‘rin – Hojamnazarova Nozima (Noriko Gakkyu)
2-o‘rin – Abdumuxtorova Mexriniso (Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti)
3-o‘rin – Maxamataliyeva Navbaxor (O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti)
4-o‘rin – Jalolov Saidumarxo'ja (Japan Digital University)
5-o‘rin – Mirzayev Iskandarbek (O‘zbekiston-Yaponiya markazi)
6-o‘rin –Qozoqjonov Xushnudbek (Japan Digital University)
 
  Dastlabki to‘rtta o‘rinni egallagan g‘oliblar Markaziy Osiyo miqyosida Yapon tili notiqlik san’ati tanloviga yo'llanmani qo‘lga kiritdilar.

6