27-Markaziy Osiyo yapon tili notiqlik san’ati tanlovi bo‘lib o‘tdi

2024/5/27
ishtirokchilarning esdalik surati
   Joriy yilning 25-may kuni O‘zbekistondagi yapon tili o‘qituvchilari jamiyati, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti (TDSHU), Yaponiya jamg‘armasi va Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi hamkorligida 27-Markaziy Osiyo yapon tili notiqlik san’ati tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda Markaziy Osiyoning beshta davlatidan milliy saralash bosqichidan o‘tgan 17 nafar ishtirokchi davlat ishtirok etdi. (Turkmaniston talabalari onlayn tarzda ishtirok etdi).
   O‘zining kirish so‘zida Yaponiya Elchisi janob Xatori ishtirokchilarni ruxlantirib va bunday musobaqalar ularni yapon tilini o‘rganishga undashni davom etishiga umid bildirdi.
   Musobaqa ishtirokchilari o‘zlarining sa’y-harakatlari va tayyorgarligini yuqori saviyada namoyish etishdi. 
   Natijalarga ko'ra quyidagi oltita g'oliblar taqdirlandi:
 
1-o‘rin – Ismatillaev Muhammaddiyor (Noriko Gakkyu, O‘zbekiston)
2-o‘rin – Bobonova Mashxura (Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, O‘zbekiston)
3-o‘rin – Toleu Asar (“Qo‘stanay xizmat ko‘rsatish sohasi kolleji”, Qozog'iston)
4-o‘rin – Xasanova Aidaana (Markaziy Osiyo Amerika universiteti, Qirg‘iziston)
5-o‘rin – To‘lganboyeva Mariyam (Kadrlarni rivojlantirish qozoq-yapon markazi, Qozog'iston)
6-o‘rin – Abdibekova Meerim (Bishkek davlat universiteti, Qirg‘iziston)
Yaponiya Elchisi janob Xatori Takashi
Ziyatova Amina
ishtirokchilar
ishtirokchilar
Ismatillaev Muhammaddiyor
Bobonova Mashxura