Yaponiya davlat byudjeti hisobidan deportatsiyani amalga oshirish

2026/6/5

  Shu kunlarda Yaponiya Immigratsiya xizmati agentligi Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan bir nafar O‘zbekiston fuqarosini O‘zbekistonga deportatsiya qildi.
  Deportatsiya qilingan shaxs Yaponiyaga talabalik vizasi bilan kirib kelgan bo’lib, viza muddati tugaganidan keyin ham mamlakatda noqonuniy qolib ketganligi sababli rasmiylar tomonidan hibsga olingan.
  Agar noqonuniy yashash yoki noqonuniy ishlash holatlari aniqlansa, politsiya tomonidan hibsga olish va ushlab turish, immigratsiya muassasalarida qamoqqa olish yoki deportatsiya qilish kabi qat’iy choralar ko'riladi. Bundan tashqari, Yaponiya hukumati qonunbuzarlik qilgan shaxslar haqida ma’lumotni O‘zbekiston hukumatiga ham taqdim etadi. Shu sababli, bunday shaxslarga nisbatan O'zbekistonga qaytganidan keyin ham tegishli choralar ko'rilishi mumkin. Iltimos, "Yaponiyada ishlash mumkin" kabi takliflarga osongina ishonmasligingizni so’raymiz.
  Shuningdek, Yaponiyada qochqin maqomini olish uchun ariza berilsa, uzoq muddat qolish mumkin” yoki “ishlash mumkin” degan noto‘g‘ri ma’lumot tarqalgan. Shu kabi maqsadlar bilan qochqin maqomini olish uchun ariza berishga ruxsat etilmaydi. Agar qochqin maqomi rad etilsa, immigratsiya muassasasiga joylashtirish yoki deportatsiya qilish kabi choralar qo‘llanilishi mumkin. Bundan tashqari, soxta ma’lumot berish yoki noqonuniy usullar bilan qochqin maqomini olish uchun murojaat qilish jiddiy huquqiy choralarni keltirib chiqarishi mumkin.