O‘zbekiston va Yaponiya oliygohlari rektorlarining beshinchi forumida ishtirok etish
Joriy yilning 30-31 oktyabr kunlari Samarqand Davlat Universitetida O‘zbekiston va Yaponiya oliygohlari rektorlarining beshinchi forumi bo‘lib o‘tdi. Mazkur forum O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etildi. Ochilish marosimida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar Vaziri janob SHARIPOV Qo‘ng‘irotboy, Yaponiya ta’lim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vazirining o‘rinbosari janob HIROSHI Masuko, O‘zbekiston Senati raisining birinchi o‘rinbosari SAFOYEV Sodiq (videoxabar), Yaponiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi janob HIRATA Kenji, shuningdek, Samarqand davlat universitetining rektori janob XALMURODOV Rustam, Nagoya universiteti prezidenti janob SUGIYAMA Naoshi tabrik so‘zi bilan ishtirok etdilar.
Yaponiya va O‘zbekiston rektorlarining forumi birinchi marta Samarqandda o‘tkazildi. Unda Yaponiyaning 16 ta universiteti va tashkilotlari ishtirok etib, natijada O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari bilan bir nechta universitetlararo shartnomalar imzolandi, bu esa tadbirning muvaffaqiyatli va samarali yakunlanishiga hissa qo‘shdi.
