O‘zbekiston dzyudo federatsiyasiga sport formasini topshirish marosimi



2025-yil 28-mart kuni O‘zbekiston dzyudo federatsiyasida sport formasini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi, unda Yaponiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi janob HATORI Takashi va Dzyudo federatsiyasi bosh kotibi SOBIROV Aziz nutq so’zlashdi.
Ushbu tashabbus doirasida Umumyapon dzyudo federatsiyasi tomonidan Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi va Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston dzyudo federatsiyasiga 80 dona sport formasi sovg‘a qilindi. Xadyalar xalqaro almashinuv va sport orqali hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan “Sport diplomatiyasini rivojlantirish loyihasi” doirasida amalga oshirildi.




Yaponiya tomonidan tashrif buyurgan mehmonlar Butun Yaponiya dzyudo federatsiyasining ushbu tuhfasi Yaponiyaning uzoq muddatli va muhim hamkori bo‘lgan O‘zbekistonda dzyudoni yanada rivojlantirishga hissa qo‘shishiga, shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishiga umid bildirishdi.

