"Karuta" yapon o'yinlarini o'ynash bo'yicha turnir o'tkazildi

2024/3/18
1
2
3
4
5
  Joriy yilning 16-mart kuni Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvonsaroyida yapon tilini o‘rganayotgan 24 nafar talaba orasida “Karuta” yapon o‘yinlarini bo‘yicha turnir bo‘lib o‘tdi. Musobaqa qizg'in kurash ruhida o'tdi.
 
  O'tkazilgan ikki tanlov natijalariga ko'ra, taqdirlash marosimida olti nafar g'olibga Yaponiya elchisi janob Hatori tomonidan esdalik sovg'alari topshirildi.
6
7
8
9
  Turnirdan so‘ng elchining rasmiy qarorgohi oshpazi bo'lgan janob Akiyama tomonidan yapon mahsulotlaridan tayyorlangan taomlardan furshet dasturxoni yozildi. Karuta o‘yini tufayli turnir ishtirokchilari Yaponiya madaniyati bilan yaqindan tanishish, shuningdek, yapon taomlari haqidagi bilimlarini kengaytirishga muvaffaq bo‘lishdi. 
 
10
11