Yaponiyaning "Karuta" o'yinida turnir o'tkazildi



Joriy yilning 16-mart kuni Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvonsaroyida yapon tilini o‘rganayotgan 24 nafar talaba orasida “Karuta” yapon o‘yinlarini bo‘yicha turnir bo‘lib o‘tdi. Musobaqa qizg'in kurash ruhida o'tdi.








Turnirdan so‘ng elchining rasmiy qarorgohi oshpazi bo'lgan janob Akiyama tomonidan yapon mahsulotlaridan tayyorlangan taomlardan furshet dasturxoni yozildi. Karuta o‘yini tufayli turnir ishtirokchilari Yaponiya madaniyati bilan yaqindan tanishish, turnirga tayyorgarlik ko'rish orqali yapon tilini mukamallashtirish, shuningdek, yapon taomlari haqidagi bilimlarini kengaytirishga muvaffaq bo‘lishdi.