"Karuta" yapon o'yinlarini o'ynash bo'yicha turnir o'tkazildi
Joriy yilning 14-mart kuni Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvonsaroyida yapon tilini o‘rganayotgan 24 nafar talaba orasida “Karuta” yapon o‘yinlarini bo‘yicha turnir bo‘lib o‘tdi. Musobaqa qizg'in kurash ruhida o'tdi.
O'tkazilgan ikki tanlov natijalariga ko'ra, taqdirlash marosimida olti nafar g'olibga Yaponiya elchixonasi maslahatchisi janob Nakamura tomonidan esdalik sovg'alari topshirildi.
Turnirdan so‘ng elchining rasmiy qarorgohi oshpazi janob Akiyama tomonidan tayyorlangan taomlardan furshet dasturxoni yozildi. Karuta o‘yini tufayli turnir ishtirokchilari Yaponiya madaniyati bilan yaqindan tanishish, shuningdek, yapon taomlari haqidagi bilimlarini kengaytirishga muvaffaq bo‘lishdi.
