“Inson xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha kichik miqyosli ijtimoiy loyihalarga beg‘araz yordam” dasturi uchun tashqi koordinator lavozimiga bo‘sh ish o‘rni (O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun)

2025/4/30

Yaponiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Elchixonasi 1995-yildan boshlab O‘zbekiston aholisini bevosita qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Inson xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha kichik miqyosli ijtimoiy loyihalarga beg‘araz yordam” dasturini (“Kusanone” dasturi) amalga oshirib kelmoqda.
Elchixona ushbu dasturni amalga oshirishga ko‘maklashish uchun tashqi koordinator (O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi) ishga qabul qilinishini e’lon qiladi. Batafsil ma‘lumot ilovada keltirilgan.
Tafsilotlar yapon tilida: https://www.uz.emb-japan.go.jp/files/100655839.pdf
Tafsilotlar ingliz tilida: https://www.uz.emb-japan.go.jp/files/100655833.pdf