Toshkentda “Manga” tanlovining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi


Joriy yilning 12 iyul kuni, Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvonsaroyi, “O‘zbekiston-Yaponiya” do‘stlik jamiyati tomonidan Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi ko‘magida “Manga” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu yil ikkinchi marotaba bo‘lib o‘tayotgan mazkur musobaqa o‘tgan yili ilk bor o‘tkazilgan edi. Tanlovda O‘zbekistonning barcha hududlaridan 19 nafar nomzod ishtirok etdi. Yaponiya Elchisi janob Hatori uchta g'olib va ikkita maxsus mukofot sohiblariga sovg'alarni topshirdi.
1-o‘rin – Sabrina Kuldosheva “O‘lim bilan poyga”
2-o‘rin – Zarina Malikova “Brayt Spirings siri”
3-o‘rin – Aleksandr Ekel “Edem loyihasi”
O‘zbekistonda manga madaniyatining yanada rivojlanishi va bu janrda yangi ijodkorlar yetishib chiqishiga umid qilamiz.



