O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Osiyo-Tinch okeani mintaqasi departamentining sobiq direktori janob Alisher Axunjanovning Imperator ordeni bilan taqdirlanishi haqida
Fotosurat manbasi: Yaponiya Vazirlar Mahkamasi sayti (https://www8.cao.go.jp/shokun/shurui-juyotaisho-kunsho/kyokujitsusho.html)
29-aprel kuni Yaponiya Hukumati 2026-yil bahorgi xorijiy fuqarolarni mukofotlash doirasida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Osiyo-Tinch okeani mintaqasi departamentining sobiq direktori janob Axunjanov Alisher Sabirovichni “Chiqayotgan quyosh, rozeta bilan oltin nurlar” ordeni bilan taqdirlashini e’lon qildi. “Chiqayotgan quyosh” ordeni faqat yuksak natijalarga erishgan shaxslargagina beriladigan mukofotdir.
Ushbu mukofot janob Axunjanovning Yaponiya va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash hamda do‘stona aloqalarni rivojlantirishga ko‘p yillar davomida qo‘shgan hissasining e’tirofi sifatida berildi.
Mukofot haqida ma'lumot
Mukofot nomi: “Chiqayotgan quyosh, rozeta bilan oltin nurlar” ordeni (Order of the Rising Sun, Gold Rays with Rosette)
Xizmatlari: Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash hamda do‘stona aloqalarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi
F.I.Sh: Axunjanov Alisher Sabirovich
Lavozimi: O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Osiyo-Tinch okeani mintaqasi departamentining sobiq direktori
Yaponiyadagi O‘zbekiston Respublikasi Elchixonasining sobiq Muvaqqat ishlar vakili
Janob Axunjanovning faoliyati haqida qisqacha ma’lumot
Janob Axunjanov Alisher Sabirovich Yaponiyadagi O‘zbekiston Respublikasi elchixonasi ochilishiga katta hissa qo‘shgan hamda birinchi Muvaqqat ishlar vakili sifatida ikki davlat o‘rtasidagi turli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Osiyo-Tinch okeani mintaqasi departamenti direktori lavozimida faoliyat yuritgan davrida Toshkentdagi yapon harbiy asirlari qabristonini obodonlashtirishni amalga oshirib, Yaponiya va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash hamda do‘stona aloqalarni rivojlantirish yo‘lidagi xizmatlari nihoyatda katta ahamiyatga ega deb ta’kidlash joiz.
