O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti dotsenti Ibragimova Malikaga Yaponiya 2025-yilgi tashqi ishlar vazirining faxriy yorlig‘ini topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosimi o‘tkazildi
Joriy yilning 6-fevral kuni Yaponiyaning O‘zbekistondagi Elchining qarorgohida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti yapon tili kafedrasi dotsenti Ibragimova Malikaga Yaponiya 2025-yilgi tashqi ishlar vazirining faxriy yorlig‘ini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Faxriy yorliqni missiya rahbari o‘rinbosari, maslahatchi janob Nakamura topshirdilar, so‘ng mehmonlar do‘stona muhitda suhbatni davom ettirdilar.
Marosimda ko‘p yillar davomida dotsent Ibragimovaning faoliyatini qo‘llab-quvvatlab kelgan hamkasblari, oila a’zolari va do‘stlari ishtirok etib, ularni mukofot bilan samimiy tabrikladilar.
Marosim davomida dotsent Ibragimova yapon tilini o‘rganish tarixi bilan bo‘lishib, ushbu sohadagi kasbiy faoliyatlari haqida so‘zlab berdilar.
Bundan tashqari, dotsent Ibragimova o‘z faoliyatlariga ko‘rsatgan yordami uchun oilasi va do‘stlariga minnatdorchilik bildirib, ushbu mukofot barcha o‘qituvchilarning mehnati va hissasining e’tirofi ekanligini ta’kidladilar.
Yillar davomida dotsent Ibragimova O‘zbekistonda yapon tilining rivojlanishiga, Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro anglashuvni mustahkamlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdilar. Biz, o‘z navbatida, hamkorligimizni yanada rivojlantirish va chuqurlashtirishni davom ettirishni niyatidamiz.
Dotsent Ibragimova - O‘zbekistonda yapon tili bo‘yicha yetakchi mutaxassisi bo‘lib, O‘zbekiston yapon tili o‘qituvchilari uyushmasining a’zosi sifatida ko‘p yillar davomida yapon tilini o‘qitish, O‘zbekistonda yapon tili o‘qituvchilarini tayyorlash bilan faol shug‘ullanib kelmoqdalar. Bundan tashqari, Yaponiya universitetlari va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga faol hissa qo‘shmoqdalar. Ibragimova xonim tajribali yozma va og‘zaki tarjimon bo‘lib, Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro tushunish, do‘stlik va madaniy almashinuvni mustahkamlashga katta hissa qo‘shmoqdalar. Shuningdek, mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan ijtimoiy-madaniy loyihalarda faol ishtirok etmoqdalar.
