Yaponiya Tashqi ishlar vaziri janob IVAYA Takeshining O‘zbekistonga tashrifi (26–27 avgust)




26-27 avgust kunlari Yaponiya Tashqi ishlar vaziri janob IVAYA O‘zbekistonga tashrif buyurdi. 26-avgust kuni Samarqandga tashrif buyurib, Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari janob Bobur USMONOV va Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari janob Rustam KOBILOV bilan uyushtirilgan tushlikda ishtirok etdi. Tashrif doirasida janob IVAYA Samarqand avtomobil zavodining faoliyati bilan tanishib, olmazor bog‘iga tashrif buyurdi hamda Islom KARIMOV maqbarasiga hurmat bildirib, gulchambar qo‘ydi.
Keyingi kuni, 27-avgustda, janob IVAYA O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat MIRZIYOYEVga hurmat yuzasidan tashrifini amalga oshirib, Yaponiya Tashqi ishlar vaziri va O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri janob Baxtiyor SAIDOV o‘rtasida strategik muloqot bo’lib o’tdi. Shu kuni vazir IVAYA Yakkasaroy tumanida joylashgan yapon qabristoniga tashrif buyurib, marhumlarni yod olib, gullar qo‘ydi.
26 avgust kuni Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari janob USMANOV bilan tushlik

Yaponiya Tashqi ishlar vaziri janob IVAYA Oʻzbekiston Respublika Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari janob Bobur USMONOV va Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari janob Rustam KOBILOV ishtirokida tushlik o'tkazdi. Suhbat davomida tomonlar Samarqand va Yaponiya o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish, xususan, iqtisodiyot, madaniyat va turizm sohalari bo’yicha o‘zaro fikr almashdilar.
26-avgust kuni Islom KARIMOV maqbarasiga gulchambar qo‘yilishi
Tashqi ishlar vaziri janob IVAYA O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti janob Islom KARIMOVning xotirasiga chuqur hurmat bildirib, O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning rivojlanishiga sezilarli hissa qo‘shganini ta’kidlab, shuningdek, uning prezidentligi davrida Yaponiya bo‘ylab uchta rasmiy tashrifi amalga oshirganini qayd etib o’tdi.
https://www.mofa.go.jp/erp/ca_c/uz/pageite_000001_01231.html
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat MIRZIYOYEVga hurmat yuzasidan tashrifi (27-avgust)

27-avgust kuni mahalliy vaqt bilan soat 16:25 da Yaponiya Tashqi ishlar vaziri janob IVAYA Takeshi O‘zbekistonga tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti janob Shavkat MIRZIYOYEVga hurmat yuzasidan tashrifini amalga oshirdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti janob MIRZIYOYEV Shavkat janob IVAYA tashrifini samimiy qabul qilib, Yaponiya bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlash niyatini bildirdi.
Janob IVAYA siyosat, iqtisodiyot va gumanitar sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning rivojlanishini faol almashinuvlar orqali davom ettirishni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Shuningdek, barqaror rivojlanish yo‘nalishidagi hamkorlikni, jumladan, ushbu kunda imzolangan ikkita grant loyihasini amalga oshirish orqali yanada chuqurlashtirishga umid bildirdi (https://www.uz.emb-japan.go.jp/itpr_uz/jdsgrant2026.html). Bundan tashqari, tomonlar mintaqaviy va xalqaro vaziyat, xususan, Sharqiy Osiyodagi holat, jumladan Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaro, yadroviy va raketa masalalari hamda Shimoliy Koreya harakatlariga, shu jumladan, odam o‘g‘irlashi masalasiga tezkor munosabat bildirish choralarini muhokama qildilar.
Tomonlar xalqaro maydonlarda, jumladan Birlashgan Millatlar Tashkiloti doirasida, yaqin hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.
https://www.mofa.go.jp/erp/ca_c/uz/pageite_000001_01234.html
Yaponiya va O‘zbekiston tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida strategik muloqot hamda yakuniy hujjatni imzolash marosimi (27-avgust)


27-avgust kuni soat 10:00 da, Yaponiya Tashqi ishlar vaziri janob IVAYA Takeshi O‘zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri janob Baxtiyor SAIDOV bilan strategik muloqot o‘tkazdi. Uchrashuv taxminan bir yarim soat davom etdi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri janob Baxtiyor SAIDOV Yaponiyalik hamkasbining mamlakatimizga ilk tashrifini samimiy kutib olib, ikki davlat tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan birinchi strategik muloqot doirasida Yaponiyaga turli yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekanini ta’kidladi. O‘z navbatida, janob IVAYA yuqori darajadagi tashriflar almashinuvi faolligini mamnuniyat bilan qayd etib, Yaponiyaning O‘zbekistondagi kompaniyalari soni ortib borayotganini ta’kidladi. Shuningdek, ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirishga, jumladan, Ikkitomonlama kredit mexanizmi (JCM)dan foydalanish va inson resurslari sohasida bo’layotgan almashinuvlarni kengaytirish orqali hissa qo‘shish istagini bildirdi.
Shu bilan birga, Tashqi ishlar vazirlari o‘tgan yil avgust oyida kechiktirilgan “Markaziy Osiyo + Yaponiya” formati doirasidagi muloqot va sammitni imkon qadar tez fursatda o‘tkazish maqsadida hamkorlikni jadallashtirishga kelishib oldilar. Strategik muloqot tomonlar keng ko‘lamli yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan kelajakdagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bayon etgan yakuniy hujjatni imzolash bilan yakun topdi.
https://www.mofa.go.jp/erp/ca_c/uz/pageite_000001_01233.html

Yakkasaroy tumanidagi yapon qabristoniga tashrif (27-avgust)

Yaponiya Tashqi ishlar vaziri janob IVAYA Takeshi rafiqalari bilan birgalikda Yakkasaroy tumanidagi yapon qabristoniga tashrif buyurdi. Bu yerda internatsiya davrida vafot etgan yapon fuqarolari dafn etilgan bo‘lib, janob IVAYA ularning xotirasiga hurmat bajo keltirib, gulchambar qo‘ydi. Gulchambar qo‘yilganidan so‘ng, “1940-yillarda yapon fuqarolarining O‘zbekistonda bo‘lganligi haqidagi esdalik ko’rgazmasi” muzeyiga tashrif buyurdilar. Muzey direktorining o‘rinbosari xonim Risolat SULTANOVA o‘sha davrdagi internatsiya qilingan yaponlar va o‘zbek xalqi o‘rtasidagi samimiy munosabatlar haqida so‘zlab berdi. Delegatsiya ushbu davr tarixini aks ettiruvchi eksponatlar va materiallar bilan tanishdi.
https://www.mofa.go.jp/erp/ca_c/uz/pageite_000001_01232.html