Yaponiya Tashqi ishlar vazirining faxriy yorlig‘i bilan "Noriko Gakkyu" yapon tili to‘garagi direktorini taqdirlash marosimi

2024/10/9
1
2
3

  2024-yil 8-oktabr kuni Yaponiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Elchisi qarorgohida "Noriko Gakkyu" yapon tili to‘garagi direktori janob Nazirov Ganisherni Yaponiya Tashqi ishlar vazirining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda, shuningdek, Yaponiya Elchisi – janob XATORI Takashi tomonidan janob Nazirovga faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘asi topshirildi. Marosimning rasmiy qismidan so‘ng mehmonlar oqshomni do‘stona ruhda davom ettirdilar.

4
5

  Taqdirlash marosimida janob Nazirovning faoliyatini uzoq yillar davomida q o‘llab-quvvatlagan “Noriko Gakkyu” yapon tili t o‘garagi xodimlari, talabalari, shuningdek, uning oila a’zolari, do’stlari ishtirok etib, mukofot bilan tabrikladilar.

6

  Janob Nazirov o’zining tabrik nutqda “Noriko Gakkyu” to’garagi tashkil etilganing 25 yilligi munosabati bilan mukofotni olganidan juda mamnun ekanligini ta’kidlab, “Yapon tili bepul maktabi- Noriko sinfi- bolalar orzu-istaklari amalga oshiriladigan joy” g’oyasi butun hayoti davomida unga hamrohlik qilganini, kelajakda Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasida bog‘lovchi ko‘prik bo‘ladigan talabalarga yapon tilini o‘rganish imkoniyatini berish bo‘yicha o‘z ishlarini bundan buyon ham davom ettirishini ta’kidladi.

7
8

  Janob Nazirov ko’p yillar davomida yapon tili va yapon madaniyatini keng yoyish, shuningdek, ikki mamlakat o’rtasidagi o’zaro anglashuvni mustahkamlashga katta hissa qo’shdi. Elchixona o'z navbatida hamkorlik aloqalarini rivojlantirishda davom etadi.

9
10
Janob Nazirovning xizmatlari haqida qisqacha ma’lumot:

  Janob Nazirov tomonidan maktab asoschisi- Osaki janoblaridan qabul qilingan “Noriko Gakkyu” yapon tilini o’rganish bo’yicha bepul maktab Farg’ona viloyatining Rishton tumanida joylashgan. 1998 yildan hozirgi kungacha, 26 yil davomida janob Nazirov yapon tilini o’rganishga, shuningdek, yapon ta’lim tizimini joriy etishga ko’maklashmoqda. To’garak darslari yaponiya volontyorlar tomonidan ham onlayn, ham oflayn tarzda o’tkaziladi. Ko`plab talabalar to’garak tufayli Yaponiya madaniyatiga qiziqa boshladilar, aynan to’garak darslari orqali yapon tilini o‘rgana boshladilar va yaqinda "Noriko-Gakkyu" talabalari va bitiruvchilari yapon tili notiqlik san’ati tanlovida sovrinli o‘rinlarni egalladilar. Janob Nazirovning yapon madaniyatini targ‘ib qilish va yapon tilini o‘rgatishga qo‘shgan hissasi beqiyos.