«Yaponiya Butunjahon ko‘rgazmasi xotira jamg‘armasi» grant dasturiga arizalar qabuli boshlandi

2025/7/15
1

  «Yaponiya Butunjahon ko‘rgazmasi xotira jamg‘armasi» grant dasturi 1970-yilda Osakada bo‘lib o‘tgan Butunjahon ko‘rgazmasidan olingan daromadlar hisobidan amalga oshirilib, xalqaro o‘zaro tushunishni rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlashni maqsad qiladi.

  Mazkur dastur doirasida 1971-yildan buyon jami 4 800 ta loyiha uchun 19,7 milliard iyen miqdorida grant mablag‘lari ajratilgan.
 
  Joriy yilda ham arizalar qabuli ochilgan. Grant olishga qiziqqan shaxslarga quyidagi havola orqali tanlov shartlari bilan batafsil tanishib chiqib, “Kansay – Osaka XXI asr Assotsiatsiyasi” jamoat fondining Expo xotira jamg‘armasi grantlar bo‘limiga ariza topshirish tavsiya etiladi: https://www.osaka21.or.jp/jecfund/english/information/

  E'tiborga olish lozimki, arizalar xalqaro pochta orqali faqat qog‘oz shaklida qabul qilinadi. Hujjatlarni topshirish muddati joriy yilning 1-sentyabrdan 30-sentyabrgacha davom etadi. Arizani imkon qadar ertaroq yuborish tavsiya etiladi.