Qisqa muddatli viza

2025/12/25

Qisqa muddatli viza – Biznes va boshqalar (Safar xarajatlarini Yaponiya tomoni (taklif qilayotgan muassasa va boshqalar) qoplaydigan holda)

●Yaponiyaga qisqa muddatli biznes vizasi bilan kirib, daromad keltiradigan faoliyat bilan shug’ullanish qat'iyan taqiqlanadi.
●Ushbu turdagi viza “konferensiyaga qatnashish", "biznes muzokaralari", "madaniy almashinuvlar", "sport almashinuvlari" va  boshqalarga to’g’ri keladi.
●Soxta hujjatlar topshirilganda, viza arizasi uzoq vaqt davomida nafaqat ariza beruvchidan, balki soxta hujjjatlarga aloqador barcha shaxslardan ham qabul qilinmaydi.
● Agar biron bir yolg'on deklaratsiya yoki bayonot berilsa, ariza beruvchi, unga hamroh bo'lgan shaxslar va tegishli shaxslar uchun uzoq muddatli viza arizasi rad etiladi.
 
Zaruriy hujjatlar 
  ※Hujjatlarning hammasi A4 formatidagi qog’ozda bo’lishi shart. Stepler bilan qistirmangiz. Hujjatlarni bir tomonga qaratib taxlab topshiring.

・Arizachi tayyorlaydigan hujjatlar
Visa anketasi - 2 nusxada ・Barcha bandlarni to'ldiring va bo'sh joylarni qoldirmang. (Agar tegishli bo'lmasa, aniq qilib “none" yoki “n/a" deb yozing).
・Arizaga ariza beruvchining imzosi qo’yilishi shart.
※Agar uchinchi shaxs (masalan, vakil) arizani imzolaganligi aniqlansa, ariza qabul qilinmaydi.
Fotosurat - 2 dona ・4,5 x 3,5 sm. o'lchamdagi tiniq rangli fotosurat
・So'nggi 6 oy ichida olingan fotosurat bo’lishi shart
・Fotosuratni tekis va ariza shakli ramkasiga mos keladigan o'lchamda yopishtiring. Agar o'lchami mos kelmasa, sizdan qayta yuborishingiz so'raladi.

Xorijga chiqish pasportning asli
 
・Muqovasini olib tashlang va ichiga qog'oz yoki boshqa narsalar qolmaganligini tekshiring.

Xorijga chiqish pasportning kopiyasi
 
・Yuzingiz va ismingiz aniq ko'rsatilishi mumkin bo'lgan tiniq kopiyasini topshiring
※Elchixonada hujjatlar kserokopiya qilinmaydi. Shuning uchun ularning kopiyasini albatta o'zingiz bilan olib keling.

Ish joyidan ma’lumotnoma
 
Lavozim nomi, ish staji va maosh ko'rsatilgan bo’lishi kerak

Biznes maqsadini tasdiqlaydigan hujjat
 
・Ish joyidan xizmat safariga yuborish to’g’risidagi buyruq
・Ish joyidan xizmat safariga yuborish to’g’risidagi nota
・Safarning maqsadi qisqa muddatli ish safari ekanligini ko'rsatuvchi boshqa hujjatlar va boshqalar.

Aviabiletlarning broni
 
・Ikki tomonga aviareyslarni bron qilganingizni ko'rsatuvchi hujjatlar
※Aviachipta sotib olish shart emas. Agar vizangiz tekshiruv natijasida berilmasa, Elchixona aviabiletga sarflangan pulni qaytarishga nisbatan hech qanday ma’suliyatni o’ziga olmaydi.

Ishonchnoma
 
(Ariza vakil orqali topshirilganda)
・Ariza beruvchi tomonidan imzolangan ishonchnomaning asl nusxasi taqdim etilishi shart.

・Yaponiya tomoni (taklif qiluvchi muassasa va boshqalar) tayyorlaydigan hujjatlar
Taklif xati Kopiyasi ham qabul qilinadi
Taklif qilinayotgan shaxslarning ro’yxati (Bir vaqtning o'zida ikki yoki undan ortiq ariza beruvchilar ariza topshirganda)
Safar rejasi ・Haqiqiy sayohat rejalaringiz asosida tafsilotlarni ko’rsating.
・Turar joyning nomi, manzili va aloqa ma'lumotlarini kiriting.
・Iloji boricha batafsil ma'lumotlarni bering.
Kafolat xati  

Kompaniyaning ma'lumotlari
 
Kompaniya/tashkikotning ro'yxatdan o'tish guvohnomasining nusxasi yoki kompaniya/tashkilotning umumiy ma’lumotlari ko’rsatilgan hujjat 
(Details of company/organization)

※Bundan tashqari, Elchixona ariza berish jarayoni uchun zarur deb hisoblangan qo'shimcha hujjatlarni so'rashi mumkin.