Qisqa muddatli viza

2025/12/25

Qisqa muddatli viza – umumiy ma’lumotlar

●Qisqa muddatli vizasi bilan Yaponiyada daromad keltiruvchi faoliyat bilan shug'ullanish qat'iyan ta’qiqlanadi!
●Soxta hujjatlar topshirilganda, viza arizasi uzoq vaqt davomida nafaqat ariza beruvchidan, balki soxta hujjjatlarga aloqador barcha shaxslardan ham qabul qilinmaydi.
 ・Boshqa birovning o’rniga imzo qo’yish taqiqlanadi.
 ・To'ldirilgan hujjatga o'zgartirish kiritish taqiqlanadi.
● Hujjatlarning hammasi A4 formatidagi qog’ozda bo’lishi shart. Stepler bilan qistirmangiz. Hujjatlarni bir tomonga qaratib taxlab topshiring.
●Agar hujjat shikastlangan yoki uning mazmunini o'qishni qiyinlashtiradigan darajada past sifatda chiqarilgan bo’lsa, u qabul qilinmaydi. Uni qayta topshirishingiz shart.
● Arizaning shakli sezilarli darajada buzilib ketgan bo'lsa, u qabul qilinmaydi. Uni qayta topshirishingiz shart.
●Agar biron bir hujjat to'liq bo'lmasa yoki yo'q bo'lsa, arizangiz qabul qilinmaydi. Hujjatlarning bir qismi vaqtincha saqlanmaydi. Iltimos, ularni qayta topshiring.

Umumiy zaruriy hujjatlar
※Ushbu bo'limda keltirilgan hujjatlar sayohatingiz maqsadidan qat'i nazar talab qilinadi.
※ Hujjatlarning hammasi A4 formatidagi qog’ozda bo’lishi shart. Stepler bilan qistirmangiz. Hujjatlarni bir tomonga qaratib taxlab topshiring.
 
Visa anketasi - 2 nusxada ・Barcha bandlarni to'ldiring va bo'sh joylarni qoldirmang. (Agar tegishli bo'lmasa, aniq qilib “none" yoki “n/a" deb yozing).
・Arizaga ariza beruvchining imzosi qo’yilishi shart.
※Agar uchinchi shaxs (masalan, vakil) arizani imzolaganligi aniqlansa, ariza qabul qilinmaydi.

Fotosurat - 2 dona
 
・4,5 x 3,5 sm. o'lchamdagi tiniq rangli fotosurat
・So'nggi 6 oy ichida olingan fotosurat bo’lishi shart
・Fotosuratni tekis va ariza shakli ramkasiga mos keladigan o'lchamda yopishtiring. Agar o'lchami mos kelmasa, sizdan qayta yuborishingiz so'raladi
Xorijga chiqish pasportning asli ・Muqovasini olib tashlang va ichiga qog'oz yoki boshqa narsalar qolmaganligini tekshiring.
Xorijga chiqish pasportning kopiyasi ・Yuzingiz va ismingiz aniq ko'rsatilishi mumkin bo'lgan tiniq kopiyasini topshiring
※Elchixonada hujjatlar kserokopiya qilinmaydi. Shuning uchun ularning kopiyasini albatta o'zingiz bilan olib keling.