Qisqa muddatli viza
Qisqa muddatli viza - Ko’p martalik biznes maqsadi
●Yaponiyaga qisqa muddatli biznes vizasi bilan kirib, daromad keltiradigan faoliyat bilan shug’ullanish qat'iyan taqiqlanadi.
●Soxta hujjatlar topshirilganda, viza arizasi uzoq vaqt davomida nafaqat ariza beruvchidan, balki soxta hujjjatlarga aloqador barcha shaxslardan ham qabul qilinmaydi.
● Agar biron bir yolg'on deklaratsiya yoki bayonot berilsa, ariza beruvchi, unga hamroh bo'lgan shaxslar va tegishli shaxslar uchun uzoq muddatli viza arizasi rad etiladi.
●Ushbu vizaga murojaat etuvchilar quyidagi talablardan biriga javob berishlari kerak:
・Milliy va davlat korxonalarining to'liq ish kunidagi xodimlari
・Yaponiya fond birjasi (Shu jumladan O’zbekiston va boshqa mamlakatlar yoki mintaqalar) tomonidan ro'yxatga olingan kompaniyalarning doimiy ishchi
・Yaponiya Savdo Palatasining a'zosi bo'lgan va Yaponiyada boshqaruv bazasi yoki aloqa nuqtalariga (shu jumladan vakolatxonalarga) ega bo'lgan yapon kompaniyalarining to'liq ish kunidagi xodimlari
・Yaponiya , O’zbekiston va boshqa mamlakatlar yoki mintaqa fond birjasi tomonidan ro'yxatga olingan kompaniyalarning investitsiya qilgan qo'shma korxonalari, sho'ba korxonalari, filiallari va boshqalarning doimiy ishchi
・Yaponiya fond birjasi tomonidan ro'yxatga olingan kompaniyalar bilan doimiy ravishda bitimlar tuzib kelayotgan kompaniyalarning doimiy ishchi
・O'tgan 1 yil ichida Yaponiyaga ish maqsadida uch martadan ortiq yoki so'nggi 3 yilda 10 martadan ortiq safar qilgan ish bilan band shaxslar.
・Yuqoridagi shaxsning turmush o'rtog'i va/yoki farzandlari
Zaruriy hujjatlar
※ - Hujjatlarning hammasi A4 formatidagi qog’ozda bo’lishi shart.
- Stepler bilan qistirmangiz.
- Hujjatlarni bir tomonga qaratib taxlab topshiring.
・Arizachining o’zi tayyorlaydigan hujjatlar
| □ | Visa anketasi - 2 nusxada | ・Barcha bandlarni to'ldiring va bo'sh joylarni qoldirmang. (Agar tegishli bo'lmasa, aniq qilib “none" yoki “n/a" deb yozing). ・Arizaga ariza beruvchining imzosi qo’yilishi shart. ※Agar uchinchi shaxs (masalan, vakil) arizani imzolaganligi aniqlansa, ariza qabul qilinmaydi. |
| □ | Fotosurat - 2 dona | ・4,5 x 3,5 sm. o'lchamdagi tiniq rangli fotosurat ・So'nggi 6 oy ichida olingan fotosurat bo’lishi shart ・Fotosuratni tekis va ariza shakli ramkasiga mos keladigan o'lchamda yopishtiring. Agar o'lchami mos kelmasa, sizdan qayta yuborishingiz so'raladi. |
| □ | Xorijga chiqish pasportning asli | ・Muqovasini olib tashlang va ichiga qog'oz yoki boshqa narsalar qolmaganligini tekshiring. |
| □ | Xorijga chiqish pasportning kopiyasi | ・Yuzingiz va ismingiz aniq ko'rsatilishi mumkin bo'lgan tiniq kopiyasini topshiring ※Elchixonada hujjatlar kserokopiya qilinmaydi. Shuning uchun ularning kopiyasini albatta o'zingiz bilan olib keling. |
| □ | Ish joyidan ma’lumotnoma | Lavozim nomi, ish staji va maosh ko'rsatilgan bo’lishi kerak |
| □ | Biznes maqsadini tasdiqlaydigan hujjat | ・Ish joyidan xizmat safariga yuborish to’g’risidagi buyruq ・Safarning maqsadi qisqa muddatli ish safari va boshqalar ekanligini ko'rsatuvchi boshqa hujjatlar. |
| □ | O’ng tomondagi talablarga javob berishini tasdiqlovchi hujjatlar | ・Milliy davlat korxonalari ・Fond birjalar tomonidan ro'yxatga olingan, jumladan, Yaponiya, O’zbekiston va boshqa mamlakatlar yoki mintaqalarning kompaniyalar ・Yaponiya Savdo Palatasining a'zosi bo'lgan va Yaponiyada boshqaruv bazasi yoki aloqa nuqtalariga (shu jumladan vakolatxonaga) ega bo'lgan yapon kompaniyalari ・Yaponiya , O’zbekiston va boshqa mamlakatlar yoki mintaqa fond birjasi tomonidan ro'yxatga olingan kompaniyalarning investitsiya qilgan qo'shma korxonalari, sho'ba korxonalari, filiallari va boshqalar ・Yaponiya fond birjasi tomonidan ro'yxatga olingan kompaniyalar bilan doimiy ravishda bitimlar tuzib kelayotgan kompaniyalar ・So'nggi 1 yilda kamida 3 marta yoki so'nggi 3 yilda kamida 10 marta Yaponiyaga ish maqsadida borganingizni tasdiqlovchi pasport yoki boshqa hujjat. |
| □ | Ko’p martalik safarlarning maqsadini tushuntiruvchi hujjatlar | |
| □ | Turmush o'rtoqlar va bolalar uchun ko'p martalik viza berilgan shaxs bilan oilaviy munosabatlarni ko'rsatuvchi hujjatlar | |
| □ | Ishonchnoma |
(Ariza vakil orqali topshirilganda) ・Ariza beruvchi tomonidan imzolangan ishonchnomaning asl nusxasi taqdim etilishi shart. |
・Yaponiya tomoni (taklif qilayotgan muassasa va boshqalar) tayyorlaydigan hujjatlar
| □ | Taklif xati | Kopiyasi ham qabul qilinadi |
| □ | Taklif qilinayotgan shaxslarning ro’yxati | (Bir vaqtning o'zida ikki yoki undan ortiq ariza beruvchilar ariza topshirganda) |
| □ | Safar rejasi | Faqat birinchi safarning rejasi ham qabul qilinadi. |
※Bundan tashqari, Elchixona ariza berish jarayoni uchun zarur deb hisoblangan qo'shimcha hujjatlarni so'rashi mumkin.
