Qisqa muddatli viza

2026/3/24

Qisqa muddatli viza - Qarindoshlar/tanishlarni ziyorat qilish (Safar xarajatlarini Yaponiya tomoni (taklif qiluvchi tomon) qoplaydigan holda)

●Yaponiyaga "qarindoshlaringiz/tanishlaringizni ziyorat qilish" maqsadidagi viza bilan kirib, Yaponiyada daromad keltiradigan faoliyat bilan shug'ullanish qat’iyan taqiqlanadi.
●Ushbu turdagi vizaga ariza berish turmush o'rtoqlar, qarindoshlikning uchinchi darajadagacha bo’lgan qarindoshlar, tanishlar va do'stlarni ziyorat qilishga nisbatan qo'llaniladi.
●Soxta hujjatlar topshirilganda, viza arizasi uzoq vaqt davomida nafaqat ariza beruvchidan, balki soxta hujjjatlarga aloqador barcha shaxslardan ham qabul qilinmaydi.
● Agar biron bir yolg'on deklaratsiya yoki bayonot berilsa, ariza beruvchi, unga hamroh bo'lgan shaxslar va tegishli shaxslar uchun uzoq muddatli viza arizasi rad etiladi.

Zaruriy hujjatlar 
 ※ - Hujjatlarning hammasi A4 formatidagi qog’ozda bo’lishi shart.
       - Stepler bilan qistirmangiz.
       - Hujjatlarni bir tomonga qaratib taxlab topshiring.

・Arizachining o’zi tayyorlaydigan hujjatlar
□
Visa anketasi - 2 nusxada
 
・Barcha bandlarni to'ldiring va bo'sh joylarni qoldirmang. (Agar tegishli bo'lmasa, aniq qilib “none" yoki “n/a" deb yozing).
・Arizaga ariza beruvchining imzosi qo’yilishi shart.
※Agar uchinchi shaxs (masalan, vakil) arizani imzolaganligi aniqlansa, ariza qabul qilinmaydi.
□ Fotosurat - 2 dona ・4,5 x 3,5 sm. o'lchamdagi tiniq rangli fotosurat
・So'nggi 6 oy ichida olingan fotosurat bo’lishi shart
・Fotosuratni tekis va ariza shakli ramkasiga mos keladigan o'lchamda yopishtiring. Agar o'lchami mos kelmasa, qayta topshirishingiz so'raladi.
□ Xorijga chiqish pasportning asli ・Muqovasini olib tashlang va ichiga qog'oz yoki boshqa narsalar qolmaganligini tekshiring
□ Xorijga chiqish pasportning kopiyasi ・Yuzingiz va ismingiz aniq ko'rsatilishi mumkin bo'lgan tiniq kopiyasini topshiring
※Elchixonada hujjatlar kserokopiya qilinmaydi. Shuning uchun ularning kopiyasini albatta o'zingiz bilan olib keling.
□ Aviabiletlarning broni ・Ikki tomonga aviareyslarni bron qilganingizni ko'rsatuvchi hujjatlar
※Aviachipta sotib olish shart emas. Agar vizangiz tekshiruv natijasida berilmasa, Elchixona aviabiletga sarflangan pulni qaytarishga nisbatan hech qanday ma’suliyatni o’ziga olmaydi.
□ Qarindoshlikni (tanishlar/do'stlar ekanligingizni) tasdiqlovchi hujjatlar ・Qarindoshlar uchun: tug'ilganlik haqidagi guvohnoma, nikoh to'g'risidagi guvohnoma (ingliz, rus yoki yapon tilidagi tarjimasi ilova qilingan holda), oilaviy daftarcha va boshqalarning kopiyasi.
・Tanishlar va do'stlar uchun: birga tushgan fotosuratlar, elektron pochta yozishmalari, xatlar va boshqalar (ingliz, rus yoki yapon tillariga tarjimasini ilova qiling)
□ Ishonchnoma (Ariza vakil orqali topshirilganda)
・Ariza beruvchi tomonidan imzolangan ishonchnomaning asl nusxasi taqdim etilishi shart.

・Yaponiya tomoni (taklif qiluvchi tomon) tayyorlaydigan hujjatlar
□ Taklif xati Kopiyasi ham qabul qilinadi
□ Taklif qilinayotgan shaxslarning ro’yxati (Bir vaqtning o'zida ikki yoki undan ortiq ariza beruvchilar ariza topshirganda)
□ Safar rejasi ・Haqiqiy sayohat rejalaringiz asosida tafsilotlarni ko’rsating.
・Turar joyning nomi, manzili va aloqa ma'lumotlarini kiriting.
・Iloji boricha batafsil ma'lumotlarni bering.
□ Kafolat xati Kopiyasi ham qabul qilinadi
□ Kafilning sayohat xarajatlarini to'lash qobiliyatini tasdiqlovchi hujjatlar. Soliqni ushlab qolish to'g'risidagi ma’lumotnoma(源泉徴収) qabul qilinmaydi. ・課税(所得)証明書 ・ 納税証明書 – Eng so'nggi umumiy daromadingizni ko'rsatuvchi soliq (daromad) ma’lumotnomasi yoki soliq to'lovi ma’lumotnomasi
・Bank balansi ma’lumotnomasi
・Kaflning ish joyidan ma’lumotnomasi(agar u ishlayotgan bo’lsa) yoki o’qish joyidan ma’lumotnomasi (agar u o’qiyotgan bo’lsa)
 
□ Yashash joyidan guvohnoma (住民票, Certificate of Residence) ・Barcha oila a'zolarining qarindoshligini ko'rsatuvchi 
 ※Shaxsiy raqamni (マイナンバー) kiritish shart emas
□ (Agar taklif qilayotgan shaxs Yaponiya fuqarosi bo'lmasa) □ Amaldagi yashash kartasi (在留カード、Residence card)ning ikkala tomonining kopiyasi
□ Yashash joyidan guvohnoma(住民票、Certificate of Residence) - shaxsiy raqam (マイナンバー) va rezidentni ro'yxatdan o'tkazish kodi(住民票コード)dan tashqari barcha ma'lumotlar ko'rsatilgan bo’lishi shart)
□ Xorijga chiqish pasportining kopiyasi

※Bundan tashqari, Elchixona ariza berish jarayoni uchun zarur deb hisoblangan qo'shimcha hujjatlarni so'rashi mumkin.