Qisqa muddatli viza
2025/12/25
Qisqa muddatli viza - Turizm
●Yaponiyaga turistik viza bilan kirib, daromad keltiruvchi faoliyat bilan shug'ullanish qat'iyan taqiqlanadi.
●Soxta hujjatlar topshirilganda, viza arizasi uzoq vaqt davomida nafaqat ariza beruvchidan, balki soxta hujjjatlarga aloqador barcha shaxslardan ham qabul qilinmaydi.
● Agar biron bir yolg'on deklaratsiya yoki bayonot berilsa, ariza beruvchi, unga hamroh bo'lgan shaxslar va tegishli shaxslar uchun uzoq muddatli viza arizasi rad etiladi.
Zaruriy hujjatlar
※ Hujjatlarning hammasi A4 formatidagi qog’ozda bo’lishi shart. Stepler bilan qistirmangiz. Hujjatlarni bir tomonga qaratib taxlab topshiring.
※Bundan tashqari, Elchixona ariza berish jarayoni uchun zarur deb hisoblangan qo'shimcha hujjatlarni so'rashi mumkin.
Misol: Mehmonxona rezervatsiyasini tasdiqlovchi hujjat(bron’), tadbirda ishtirok etishni tasdiqlovchi hujjat va boshqalar.

| □ | Visa anketasi – 2 nusxada |
・Barcha bandlarni to'ldiring va bo'sh joylarni qoldirmang. (Agar tegishli bo'lmasa, aniq qilib “none" yoki “n/a" deb yozing). ・Arizaga ariza beruvchining imzosi qo’yilishi shart. ※Agar uchinchi shaxs (masalan, vakil) arizani imzolaganligi aniqlansa, ariza qabul qilinmaydi. |
| □ | Fotosurat - 2 dona |
4,5 x 3,5 sm. o'lchamdagi tiniq rangli fotosurat ・So'nggi 6 oy ichida olingan fotosurat bo’lishi shart ・Fotosuratni tekis va ariza shakli ramkasiga mos keladigan o'lchamda yopishtiring. Agar o'lchami mos kelmasa, sizdan qayta yuborishingiz so'raladi. |
| □ | Xorijga chiqish pasportning asli |
・Muqovasini olib tashlang va ichiga qog'oz yoki boshqa narsalar qolmaganligini tekshiring. |
| □ | Xorijga chiqish pasportning kopiyasi |
・Yuzingiz va ismingiz aniq ko'rsatilishi mumkin bo'lgan tiniq kopiyasini topshiring ※Elchixonada hujjatlar kserokopiya qilinmaydi. Shuning uchun ularning kopiyasini albatta o'zingiz bilan olib keling. |
| □ | Safar xarajatlarini to'lash qobiliyatingizni tasdiqlovchi hujjatlar, masalan, bank hisob raqamidagi qo’ldiqni tasdiqlovchi ma’lumotnoma va boshqalar. |
・Bank hisob raqamidagi qo’ldiqni tasdiqlovchi ma’lumotnoma va shu hisob raqamdan so’nggi 3 oy aylanmasini taqdim qilish kerak. ※Minimal talab qilinadigan pul miqdori va boshqalar haqidagi savollarga javob berilmaydi. Odatda, Yaponiyaga sayohat qiluvchi chet elliklarning o'rtacha sayohat byudjeti kuniga 100 dan 150 AQSh dollarigacha (turar joyga ketadigan pul bundan mustasno) deb aytiladi. ・Ish joyidan olingan ma'lumotnoma (lavozim nomi, ish staji va maosh ko'rsatilgan), my.gov.uz orqali berilgan daromad ma’lumotnomasi va soliq to’langanligini tasdiqlovchi hujjat. |
| □ | Safar rejasi |
・Haqiqiy sayohat rejalaringiz asosida tafsilotlarni ko’rsating. ・Turar joyning nomi, manzili va aloqa ma'lumotlarini kiriting. ・Iloji boricha batafsil ma'lumotlarni bering. |
| □ | Aviabiletlarning broni |
・Ikki tomonga aviareyslarni bron qilganingizni ko'rsatuvchi hujjatlar ※Aviachipta sotib olish shart emas. Agar vizangiz tekshiruv natijasida berilmasa, Elchixona aviabiletga sarflangan pulni qaytarishga nisbatan hech qanday ma’suliyatni o’ziga olmaydi. |
| □ | Ishonchnoma |
(Ariza vakil orqali topshirilganda) ・Ariza beruvchi tomonidan imzolangan ishonchnomaning asl nusxasi taqdim etilishi shart. |