Tanabata yozgi festivali o'tkazildi

2024/7/17
1
2
   Ikuo Hirayama xalqaro madaniyat karvonsaroyi, O'zbek-Yaponiya Markazi (UJC), "O'zbekiston-Yaponiya" do'stlik jamiyati va Toshkentdagi yapon choy marosimini o'rganish jamiyati, Yaponiyaning O'zbekistondagi Elchixonasi ko'magi bilan joriy yilning 6-iyul kuni "Tanabata" yozgi festivalini o'tkazdi.
  Festival dasturi quyidagi tadbirlarni o'z ichiga oldi: origami tayyorlash va kaligrafiya yozish, tanzaku (qog'oz chiziqlar) tayyorlash, yukata (yengil paxta kimonosi) kiyish, matcha (ko'k choy) tatib ko'rish, onigiri (guruchli sharchalar) va yapon shirinliklaridan bahramand bo'lish, shuningdek, an'anaviy yapon o'yini "fukuwarai" va an'anaviy yapon raqsi "bon-odori"da ishtirok etish.
  Festival ishtirokchilari Tandzaku chiziqlariga o‘z tilaklarini yozib, bambuk shoxlariga osib qo‘yishdi. Festival davomida ortirgan turli tajribalar ishtirokchilarga yapon madaniyati haqidagi tushunchalarini chuqurlashtirishga yordam berdi.
photo2
photo3
5
6
7
8
9
10