Yapon bog‘ida choy marosimi bo‘lib o‘tdi
11 oktabr kuni Yapon bog‘ida O‘zbekiston-Yaponiya markazi (UJC) , Toshkent shahridagi Yapon choyi marosimini o‘rganish hamjamiyati va Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi ko‘magida Yapon choy marosimi bo‘lib o‘tdi.
Taklif etilgan mehmonlar, jumladan, turli davlatlarning Elchilari, «Urasenke» maktabining choy marosimi o‘qituvchisi KUZMINOVA Erika xonim tomonidan tayyorlangan yapon choyi va shirinliklaridan bahramand bo‘lishdi va Toshkentda kuz faslini his qilishdi.
O‘zbekiston-Yaponiya Markazi (UJC) KUZMINOVA Erika xonim tomonidan o‘qitiladigan choy marosimi kursini taklif etadi. Manfaatdor shaxslar Markazga quyidagi raqamlar (+998 78) 120-73-94/95 yoki elektron pochta infomail@ujc.uz orqali murojaat qilishlari mumkin.
Kurs mazmuni bilan taqdim etilgan materialda quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: https://www.uz.emb-japan.go.jp/itpr_uz/ujcteaceremonycourseuz.html (eng)