Yapon bog‘ida choy marosimi tashkil etildi
22-may kuni Yapon bog‘ida O‘zbekiston–Yaponiya markazi (UJC) hamda O‘zbekistondagi “Urasenke” maktabi choy guruhi tomonidan, O‘zbekiston Respublikasidagi Yaponiya elchixonasi ko‘magida yapon choy marosimi tashkil etildi.
Tadbirda Yaponiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi janob HIRATA Kenji, shuningdek, davlat idoralari va madaniy doiralar vakillari ishtirok etdi.
Mehmonlar O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi “Urasenke” maktabi choy marosimi o‘qituvchisi KUZMINOV Erika xonim tomonidan tayyorlangan yapon “Matcha” choyi hamda an’anaviy yapon shirinliklaridan tatib ko‘rishdi. Tadbirning samimiy muhiti ishtirokchilarga yapon choy madaniyati estetikasi bilan yaqindan tanishish va Toshkent bahorining yoqimli kayfiyatidan bahramand bo‘lish imkonini berdi.
