Yaponiya oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari o‘rtasida to’rtinchi seminar bo‘lib o‘tdi
28-fevral kuni “U-ENTER” innovatsion tadbirkorlik markazida “Yapon universitetlari bitiruvchilari klubi” (UJUAC) yig’ilishi tashkil etildi va uning doirasida “Startaplar va axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha Yaponiya tajribasi: O‘zbekiston uchun imkoniyatlar» mavzusida seminar o'tkazildi. Qutlash nutqi bilan maslahatchi vazifasini bajaruvchisi janob HORIE Yoshishiro so‘zga chiqdi. O’z nutqida UJUAC faoliyati haqida so‘z yuritib, a'zolarining ahamiyati va tashkilotning Yaponiya bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi ko‘prik sifatidagi o‘rni haqida ta’kidladilar.
Seminarda Yaponiya oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari: "U-ENTER" Innovatsion tadbirkorlik markazi Direktori janob Rijichenko Oleg, O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining huquqiy ta’minot bo‘limi boshlig‘i janob Jumaboyev Olimjon, "Market bridge LLC" kompaniyasi bosh direktori janob Nasritdinov Akmal taqdimotlar o‘tkazib, startaplar mexanizmlari, yo‘nalishlari, shuningdek, ushbu sohaning O‘zbekistondagi holati va vazifalari haqida ma’lumot berdilar.
Yaponiya kompaniyalari vakillari: Watanabe Yoko xonim, JDU prorektori, Yaponiya tashqi savdo tashkiloti (JETRO)ning Toshkentdagi vakolatxonasi vakolatxonasi direktori janob Ichinose Yuta Yaponiyaning startaplarning xalqaro maydonlarga tez chiqish tajribasi, xalqaro hamkorlikning ahamiyati, startaplarni qo‘llab-quvvatlash dasturlari va IT-ta’lim masalalari haqida so‘z yuritdilar.
Seminardan so‘ng furshet tashkil etilib, bitiruvchilar seminar yakunlari bo‘yicha o‘z fikr va mulohazalarini almashdilar.
